LUNAR ORBITER

«LUNAR ORBITER» (ing. «Lunar Orbiter») — amerikada ishlab chiqarilgan, 1966-y. 10 avg. dan 1967-y. 1 avg. gacha uchirilgan Oy sunʼiy yoʻldoshlari (OSI) seriyalar nomi. Uchirishdan maqsad Oy sirtini OSI orbitasidan turib suratga olib, televizion kanal orqali yerga uzatish. «Lunar Orbiter-1», «Lunar Orbiter-2» va «Lunar Orbiter-Z» lar yordamida olingan fotosuratlar, asosan, «Serveyer» avtomatik apparatlarni va «Apollon» kos-mik kemalarning oy kabinalarini Oyga qoʻndiriladigan joylarni iz-lashda foydalaniladi. «Lunar Orbiter4» va «Lunar Orbiter-5» yordamida qoʻndirilishi mumkin boʻladigan joylarning va Oyning koʻrinadigan tomonidagi ilmiy nuqtayi nazardan ancha qiziqarli boʻlgan uchastkalarining, shuningdek, sobiq Ittifoqning «Luna-3» va «Zond-3» sayyoralararo avtomatik st-yalari suratga olgan Oyning teskari tomonidagi qutb r-nlarining qoʻshimcha suratlari olindi. Bulardan tashqari, «Lunar Orbiter» yordamida Oy yaqinidagi boʻshliq radia-siyasi va mikrometeorlar, Oyning gra-vitatsion maydoni oʻrganildi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x