OLIY MAKTAB

OLIY MAKTABxalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida amaliy, pedagogik yoki ilmiy faoliyat koʻrsatish uchun umu-miy oʻrta yoxud oʻrta maxsus maʼlumot asosida oliy malakali mutaxassislar tay-yorlaydigan oliy oʻquv yurti. YUNESKOning belgilashiga koʻra, «Oliy maktab» tushunchasi oʻz ichiga un-tlar, oʻquv in-tlari, akademiyalar, oliy bilim yurtlarini kamrab olganidek, litsey va kollejlar taʼlimini ham oladi. Bunda Oliy maktabning oʻz talabalariga kay darajada bilim beri-shi va ularda qanday malakalar shakllantirishi emas, balki uning urta maʼlumot negizida mutaxassis tayyorlashi asos qilib olinadi. Shuning uchun ham bir qator mamlakatlarda umumiy urta taʼlimdan keyin mutaxassis tayyorlay-digan har qanday oʻquv yurti Oliy maktab hisoblanadi. OʻzRda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning uchinchi bosqichidan soʻng Oliy maktab urta maxsus maʼlumot negizidagina mutaxassis tayyorlaydigan boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x