Jinsiy quvvatni oshirish usullari

Jinsiy quvvatni oshirish usullari

1-Ochiq muloqotga kirishing!
Sherigingiz bilan jinsiy munosabatlaringiz oʻzaro ochiq boʻlsin. Erkin gaplashish jinsiy hayotni sezilarli darajada yaxshilaydi hamda jinsiy quvvatga ham ijobiy taʼsir etadi.

Agar jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar tashvish tugʻdirayotgan boʻlsa, buni sherigingiz bilan muhokama qilish yaxshidir. Yechim ustida birgalikda ishlash ruhiy bosimni ancha kamaytirib, har qanday muammoni yengishga yordam beradi.

2-Ortiqcha vazndan xalos boʻling!
Semirish testosteron darajasiga jiddiy taʼsir qiladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, semirib ketgan erkaklarda testosteron miqdori ozgʻin erkaklarga qaraganda kam. Aromataza fermenti erkak androgenlarni ayol estrogenlarga aylantiradi. Shu sababdan semirish bilan birga jinsiy faollikning pasayishi, erektil disfunksiya ham yuzaga keladi. Shunday ekan yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishni hech kanda qilmang.

3-Bir xillikdan qoching!
Jinsiy zavq ehtiros va hayajon muhitida rivojlanadi. Lekin koʻp yildan beri birga yashab kelayotgan juftliklarda, jinsiy aloqa odatiylikni his qila boshlaydi va hayajonlanish, diqqatni jamlash yoki bir-birini xursand qilish tobora qiyin boʻlib tuyulishi mumkin. Buning natijasida esa, baʼzi erkaklarda xudiki jinsiy quvvat oshirish uchun ehtiyoj tugʻilgandek his paydo boʻladi.

Shuning uchun doimiy izlanishda boʻling, yangi pozitsiyalarni sinab koʻring. Shuningdek, jinsiy hayollar haqida gaplashish ham jinsiy aloqani yana-da hayajonli qilishi mumkin.

Jinsiy hayotning normal kechishi uchun turli yangi sogʻlom usullarni qoʻllash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu esa, oʻz-oʻzidan jinsiy hayot sifatining oshishiga taʼsir etadi.

Saytimizdagi mana bu maqola orqali mutaxassislar tomonidan jinsiy hayotni yana-da zavqli va sifatli qilish uchun tavsiya qilingan usullari haqida maʼlumot olishingiz mumkin: Jinsiy aloqa qilish usullari va pozalar →

4-Stressdan saqlaning!
Stress qancha koʻp boʻlsa, jinsiy quvvat darajasi ham shuncha past boʻladi. Afsuski, stressni kamaytirish uchun yagona usul yoʻq, oʻzingizga mos keladigan usulni toping. Sayohatlar, doʻstlar bilan muloqot qilish, meditatsiya, suzish bilan shugʻullanish — stressni yengish uchun istagan usulingizni sinab koʻrishingiz mumkin.

5-Kasalliklar profilatikasi uchun shifokorga boring!
Reproduktiv tizim kasalliklari, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet kabi xastaliklar jinsiy quvvatning pasayishiga, bora-bora jinsiy zaiflikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun har qanday kasallik belgilarini oʻzingizda sezib boshlasangiz darhol shifokor koʻrigiga boring. Har qanday kasallik oʻz vaqtida davolansa, turli asoratlarning kelib chiqish ehtimoli yoʻqoladi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x