Sistit — jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?

Sistit — jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?

Sistit infeksion xastalik emas. U jinsiy yaqinlik vaqtida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yuqmaydi. Ayrimholatlarda jinsiy aloqadan keyin kasallikning
xuruj qilishi nozik a’zolar mikroflorasining buzulishi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Ya’ni jinsiy a’zoda rivojlangan bakteriyalar aloqa
vaqtida siydik yo‘liga, tushib sistit kasalligini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari ayol immun tizimining sustligi, siydik yo‘llarining
shamollashi, shaxsiy gigiyenaga amal qilmaslik ham sistitga olib kelishi
mumkin. O‘zbilarmonlik bilan turli dori vositalarini qabul qilish yoki
oxirigacha davolanmaslik kasallikning qaytalash ehtimolini oshiradi.
Sistit bilan og‘rigan ayollarni kasallik vaqtida turmush o‘rtog‘imga
ham yuqishi mumkinmi degan savol o‘ylantiradi.

Shuni eslatib o‘tish
lozimki, erkaklar kamdan kam holatlarda sistitga chalinishadi. Bunga
esa asosan surunkali prostatit xastaligining zo‘rayishi sabab bo‘ladi.
Kasallik vaqtida jinsiy aloqada bo‘lish tavsiya etilmaydi. Bunday
yaqinlikdan keyin siydik qopiga tushayotgan bosim kuchayadi va
bemorning holati yomonlashishi kuzatiladi. Hatto davolanishning eng
so‘nggi bosqichlarida ham kasallik qaytalashi kuzatilgan.

‼️Surunkali sistitga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
davolash darkor. Bundan tashqari, davolash kursini o‘tagandan keyin
ayol o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lsa, uni qayta qo‘zg‘atuvchi
stresslarga yo‘l qo‘ymasa, bakteriyalarning oldini olish uchun doimiy
ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib borsa, kasallik xuruji
ancha kamayadi, butunlay tuzalib ketish ehtimoli ham yuqori.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x