O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 7-iyuldagi
Farmoniga muvofiq Navoiy texnika kolleji negizida Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni, Navoiy viloyati va Zarafshon shahri hokimliklarining takliflari e’tiborga olinib, shuningdek, ishchi yoshlarning ixtisosli korxonalarda o‘rnashib qolishi maqsadida, Navoiy davlat konchilik instituti tuzilmasida Zarafshon
umumtexnika fakulteti saqlab qolindi.