NODIROV

NODIROV Bozorboy (1937.7.4, Nukus) — qoraqalpoq xonandasi (dramatik tenor). Qoraqalpogʻiston (1977) va Oʻzbekiston (1982) xalq artisti. Kuchli va jarangdor ovoz sohibi. Nukus sanʼat bil im yurtida oʻqituvchi (1969-y. dan), Berdaq nomidagi musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda (1975—93). Opera sahnasida Onegin (P. Chaykovskiy, «Onegin»), Ale-ko («Aleko», S. Raxmaninov), Josus («Ajiniyoz», N. Muhammaddinov) kabi rollarni ijro etgan. Konsert reper-tuaridan qoraqalpoq xalq («Jeti asi-rim», «Gulzar», «Tarlan», «Nigo-rim» va b.) va bastakorlar («Elim bor», «Jigirma beste», «Xalqim», «Tugan jerge», K. Abdullayev va b.) qoʻshikdari oʻrin olgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofo-ti laureati (1987).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x