GEYNSELMAN Vilgelm Solomonovich

GEYNSELMAN Vilgelm Solomonovich (? —1922, Toshkent) — meʼmormuhandis. Oʻzbekistonda Yevropa uslubidagi binolar qurilishini boshlab bergan. Toshkentdagi koʻp yirik binolar, jumladan Davlat palatasi (1887), SpasPreobrajeniye sobori (A. I. Ryazanov, I. M. Pogosskiy bilan hamkorlikda) va yonidagi alohida qurilgan qoʻngʻiroqxona (1888, saqlanmagan), Knyaz N. K. Romanov saroyi (1889—90, hoz. Tashqi ishlar vazirligi qabul uyi) Geynselman rahbarligida qurilgan. Davlat banki (1895), Real bilim yurti (1898, hoz. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi maʼmuriy ofisi), Rasadxona (1873—1901) va b. turar joy binolari loyihalari muallifi. Andijon zilzilasi (1901) oqibatlarini oʻrganib, seysmik tumanlarda binolar qurilishining dastlabki qoidalarini ishlab chiqqan (1906). 1908—12-y. larda Toshtramning binosi va tramvay yoʻllarini loyihalashda qatnashgan. Vizantiya-roman uslubidan keng foydalanish Geynselman ijodiga xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x