GEKSLI

GEKSLI, Xaksli (Huxley) Tomas Genri (1825.4.5, Iling – 1895.29.6, Istborn, Susseks) — ingliz tabiatshunosi. Ch. Darvin safdoshi va taʼli-motining davomchisi. Qirollik konchilik maktabi prof. (1854—95), London qirollik jamiyati kotibi (1871—80), prezidenti (1883—85). Ilmiy ishlari zoologiya, qiyosiy anatomiya, paleontologiya, antropologiya va evolkshion taʼlimotga oid. Geksli meduzalar bilan poliplar oʻrtasida bogʻliqlik borligini isbotlab berdi (1849); hamma umurtqali hayvonlar kalla suyagining tuzilishi umumiyligi toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surdi. Sudralib yuruvchilar bilan qushlar chanogʻi va oyoklari tuzilishini qiyosiy anatomik oʻrganish asosida ular urtasidagi umumiylikni koʻrsatib berdi. Geol. sohasida Yer poʻstining birdaniga kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi eski tushunchani tanqid qildi va gomotaksis, yaʼni bir xildagi fatsiyalarning choʻkmaga tushishi gʻoyasini ilgari surdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x