KIMLAR RASMAN NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXS XISOBLANADI.

KIMLAR RASMAN NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXS XISOBLANADI.

Savol; meni nogironligim bor lekin nogironlik ro‘yxatida turmayman. Shu sababli nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlardan xam foydalana olmayabman. Men nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga qanday kiritilishim mumkin. Buning uchun qayerga murojaat qilishim kerak ?

Javob; O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-641-son «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida» gi qonuniga ko‘ra;

👉 Fuqaroni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan,

👉 o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish esa — pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

🟢 Shaxs tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga davlat tibbiyot muassasalari tomonidan yuboriladi

🟢 Tekshiruvdan o‘tkazish tibbiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tish uchun yuborilgan shaxs tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan tekshiruvdan o‘tkazish kuni to‘g‘risida tibbiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida xabardor qilinadi. Nogironlik aniqlangan taqdirda, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan hujjatlar qabul qilingan SANADAN BOSHLAB fuqaro rasman nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etiladi.

❗️Yuqoridagi tartibda nogironligingiz tasdiqlanganidan keyingina siz nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

✏️ Kimlargadir nafi tegishi mumkinligini inobatga olib, sizlardan ushbu ma’lumotni shunday toifadagi boshqa insonlarga xam ulashishingizni tavsiya qilamiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x