Degrez


Post Views:
100

DEGREZ, D e r o z – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. G‘ishtmasjid, So‘galmasjid, Sho‘rtepa, Hovuzbog‘ va Xo‘ja Ro‘shnoyi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Quyi va Yuqori Degrezga bo‘lingan. Degrezda qariyb 220 xonadon yashagan. Aholisi asosan o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan. Degrezda 20 ga yaqin cho‘yan qozon quyish (degrezlik) ustaxonalari (ularda omoch tishlari, qum-g‘onlar, hovoncha ham quyilgan), 2 masjid, madrasa bo‘lgan (20-asr boshlari). Yozuvchilardan Oybek, Oydin shu mahallada yashagan. Hozirgi hududida O‘zbek milliy akademik drama teatri, sirk va boshqalar joylashgan.

«DEGREZ» MAHALLASI (Obid Jalilov 3-tor ko‘chasi, 9) – Uchtepa tumanidagi mahalla. «Nishabariq», «Bog‘ichinor», «Shofayzibog‘» mahallalari bilan chegaradosh. 1966 yildagi Toshkent zilzilasidan so‘ng «Qurvaqaobod» mavzesida tashkil topgan. Aholisi qadimgi Degrez mahallasidan chiqqanlar bo‘lgan. Dastlab «Kirov», keyinchalik «Abror Hidoyatov» deb nomlangan. 2005 yildan hozirgi nomda. Aholisi 4162 kishi, asosan, o‘zbeklar (2009). Mahalla hududida bolalar bog‘chasi, o‘rta maktab, otalar oromgohi (choyxonasi), 2 oziq-ovqat do‘koni va xitoy milliy oshxonasi bor. O‘zbekiston xalq yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘zbekiston xalq artisti To‘ychi Oripov shu mahallada yashaydi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/degrez-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x