Post Views:
172
TOSHKENT DEKLARATSIYASI (1966) – 4–10 yanvar kunlari Toshkentda Pokiston prezidenti M.Ayyubxon bilan Hindiston bosh vaziri L.B.Shastri o‘rtasida sobiq ittifoq Ministrlar Sovetining raisi A.N.Kosigin ishtirokida imzolangan. Uchrashuv Kashmir hududida Hindiston va Pokiston o‘rtasida ro‘y bergan qurolli to‘qnashuv (1965 yil avgust–sentyabr) tufayli yuzaga kelgan keskinlikni tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida uyushtirilgan. Toshkent deklaratsiyasi bu xususda bir qancha amaliy tadbirlarni ko‘zda tutgan; har ikkala mamlakat qurolli kuchlarini qurolli to‘qnashuvdan oldin egallab turgan joylariga qaytarish, diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tiklash, har ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlari va boshqalar. Toshkent deklaratsiyasi Hindiston bilan Pokiston munosabatlaridagi janjalli masalalarni tinch yo‘l bilan hal etishga asos bo‘lgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/toshkent-deklaratsiyasi-1966-yil-2/