KABISA YIL (arab. — toʻliq) — oddiy yildan bir kun (fev. oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz boʻlinadigan yil Kabisa yil dir (faqat ikkita nol bilan tugab, 400ga boʻlinmaydigan yil bundan mustasno. Mac, 1700, 1800, 1900, 2100-yillar Kabisa yil emas).
Qad. Eronda yil 365 kunli (12 oy 30 kundan va yana qoʻshimcha 5 kun) boʻlib, har 120-yilda bitta qoʻshimcha oy kiritilgan. Umar Xayyom kalendarida har 33 yilning 8 yili (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillari) Kabisa yil hisoblanadi. Bunda har 4500-yilda bir sutkaga teng xato yigʻiladi. Bu esa hozir qoʻllaniladigan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq(q. Kalendar).