DO`STLARGA ULASHING:
tonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan
tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish
qismlari, me’yoridan cho’zilib ketgan manzaralar, monologlar
biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini
alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa»
dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb otylaymiz.
UO‘K: 821.512.133
KBK: 84(50‘)1
Qisqartirib nashrga tayyorlovchi:
Anvar HOJIAHMEDOV
Mas’ul muharrir:
Vahob RAHMONOV
ISBN 978-9943-27-356-6
va turkiy she’riyat rivojida xamsachilik an’anasi
alohida ahamiyatga ega boldi. Bu an’ananing
boshlanishiga buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy
Ganjaviyning XII asrning ikkinchi yarmi va XIII
asr boshida yaratgan «Maxzan ul-asror» (1174 —
1177), «Xisrav va Shirin» (1181), «Layli va Majnun»
(1188), «Haft paykar» («Yetti go‘zal», 1197) hamda
«Iskandamoma» (1199 — 1201) dostonlari asos
bolib, ular keyinchalik ijodkor vafotidan so‘ng
«Xamsa» (arabcha «beshlik» degani) yoki «Panj
ganj» (forsiy tilda «Besh xazina» ma’nosida) nom-
lari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan,
turli tillarga taijima qilinib, shuhrat topgan edi.
Mazkur kitobdan o‘rin olgan alohida dostonlar bir
necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar
yozishga ilhomlantirgandi.
1253-1325-yillarda yashab ijod qilgan Xisrav
Dehlaviy o‘zining fors-tojik tilidagi «Matla ul-an-
vor» («Nurlarning boshlanishi»), «Shirin va Xis
rav», «Majnun va Layli», «Hasht bihisht» («Sakkiz
jannat») va «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oy-
nasi») nomli beshta dostonini yaratib, Nizomiy
«Xamsa»siga tola javob yaratdi va bu an’ananing
boshlovchisi bo lib maydonga chiqdi.
XV asrda yashagan aksariyat shoirlar «Xam-
sa»ga o’xshatma bitishga harakat qilgan bolsalar
ham, ko’plari bir yoki bir necha asar yaratishga
Abdullo, Kotibiy Nizomiyning bir qator dostonlar-
iga javob bitgan bolsalar, Mavlono Faseh Rumiy
uning «Maxzan ul-asror»iga, Xoja Hasan Xizrshoh
«Layli va Majnun» dostoniga o’xshatma dostonlar
yozishgan. Lekin ikki buyuk ijodkor: Abdurah-
mon Jomiy va Alisher Navoiygina toliq «Xamsa»
yaratishga erishdilar.
Jomiy asari beshta emas, yetti dostonni o‘z
ichiga olib, «Dengizlar siri», «Lujjat ul-asror» (875 —
876 h.), «Tuhfat ul-ahror», «Sabhat ul-abror» (887
h.), «Yusuf va Zulayho» (888 h.), «Layli va Majnun»
(889 h.), «Xiradnomayi Iskandariy» («Iskandar hik-
matnomasi») (890 h.) dostonlaridan iborat bolib,
«Haft avrang» («Yetti taxt») deb ham ataladi.
Yuqorida nomi keltirilgan asarlarning barcha-
si o’sha davr an’anasiga muvofiq fors-tojik tilida
bitilgan edi. Natijada ulami shu tilni biladigan
kitobxonlargina o’qib, boshqa xalqlar vakillari
ulardan bebahra qolar, ba’zan tarjima orqaligina
bu go‘zal obidalardan bahramand bo la olardilar.
Alisher Navoiy 1483-yilda bu murakkab ishga
kirishib, ikki yarim yil ichida «Hayrat ul-abror»,
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi
sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlaridan tashkil
topgan «Xamsa» kitobini eski o‘zbek tilida уaratib,
jahon adabiyotini bezavol va betakror buyuk asar
bilan boyitdi.
Nizomiy «Xamsa»siga javoblar yozish, hech
bolmaganda, undagi ayrim asarlarga obcshatma
tatabbular bitish an’anasi keyingi davrlarda ham
davom etdi. Taniqli adabiyotshunos Y.E.Bertelsning
bergan ma’lumotlariga qaraganda, «Layli va
shoir yaratgan fors, o‘zbek va ozarbayjon tfflarida-
gi dostonlar uehun asosiy manba bolib xizmat
qilgan.
Mazkur asarlarda Nizomiy dostoni aynan tak-rorlanmay, har qaysi davrga xos ijtimoiy-siyosiy
va ma’naviy-axloqiy masalalar o‘z aksini topgan,
asar voqealari, timsollarga ba’zi o’zgarishlar
kiritilgan, tasviriy-uslubiy tamoyillar ham bir
qator yangiliklar bilan boyitilgan, badiiylik g’oyat
rivojlantirilgan, har qaysi milliy til boyliklari va
go ‘zalliklaridan yanada unumliroq foydalanilgan.
Alisher Navoiy qalamiga mansub besh dos-
ton, shoiming talcidiga qaraganda, jami 30 oy
— ikki yarim yil ichida yaratilgan bolsa-da, bu
asarlarning har birini ko‘p yillik ijodiy mehnat-
ning natijasi deb qarash kerak. Zero, yoshlikdan
shu ulug‘ maqsadni o‘z oldiga qo^gan shoir «Xam
sa» yaratish ishiga awaldan kirishgan, shu ma-
qsadda yuzlab tarixiy, ilmiy va adabiy kitoblami
o’rganib chiqqan va ulami tadqiq etgan, bir-biri
bilan qiyoslab, o‘z xulosalarini ko‘plab ustozlari
va fikrdoshlari sinovidan ham o‘tkazgan edi.
Shuning uchun uning besh dostoni butun xalq
manfaatlarini aks ettirgan, omma uchun asrlar
davomida sevikli bolib qoladigan olmas qahra-
monlar qiyofalari bilan limmo-limdir.
Navoiy o‘z «Xamsa»sini yaratar ekan, Nizomiy va
Dehlaviylar yaratgan ajoim ijobiy qahramonlar qi-
yofasini keskin o‘zgartirish, aniqrogl, qarama-qar-
shi xosiyatlar sohibi sifatida gavdalantirish usuli-
ni ham qollaydiki, buni jahon adabiyoti uchun
ham yangilik deb qabul qilish mumkin. Chunki
adabiyotida, masalan, Shekspir ijodida ham uch-
ramaydi. Biz bu o’rinda, awalo, «Farhod va Shirin»
dostonidagi Xusrav qiyofasini nazarda tutyapmiz.
Navoiy o‘z ustozlari «Xamsa»larida ijobiy fazilatlar
egasi tarzida gavdalantirilgan shoh Xusravni zo-
lim, bosqinchi, makkor, nomard hukmdor sifatida
tasvirlab, tarix haqiqatiga zid keladigan qiyofada
aks ettirib, o’quvchilar ommasida unga nisbatan
kuchli nafrat hisini uyg’otadi.
Salaflar tasviridagi toshkesar Farhodni chi-
nakam ma’nodagi xalq qahramoniga, sadoqatli
oshiq, insonparvar, mard va qahramon yigit sifa
tida tasvirlanishi ham adabiyotimiz uchun yangi
badiiy usul ifodasi edi. Asarda tasvirlangan bar
cha voqealarning yangicha mazmun kasb etishi
ham doston g’oyaviy-badiiy qimmatini g‘oyatda
oshirib yuborgan.
Navoiy «Xamsa»si qahramonlari asrlar davo-
mida necha-necha avlodlar uchun ma’naviyat va
odobda, odamiylik va jasoratda, xalqparvarlik va
saxovatda o‘mak bo lib xizmat qiladigan yorqin
badiiy siymolar boldi. Farhod va Qays, Suhayl va
Sa’d, Axiy va Farrux, Muqbil va Jo’na kabi betak-
ror qiyofalar, Shirin va Layli, Mehr va Mehinbonu,
Dilorom va boshqa ma’naviy barkamol ayollar
timsollari Navoiy asridan boshlab hanuzgacha
yoshlarimizni oliyjanob fazilatlar ruhida tarbi-
yalab kelmoqda. Daho ijodkorimizning Navoiy va
asar qahramonlari nomidan a^ilgan:
Odami ersang, demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g ‘amidin g ‘ami.
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
…Jahonda neki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
…Birovkim, jahonda so‘zi rostdir,
Erur dol angakim o ‘zi rostdur.
…Ki har kim ayonetsa yaxshi qilig‘,
Yetar yaxshiliqdan anga yaxshilig‘kabi dono fikrlari mustaqillik davrida ham
hayot darsligi bolib xizmat qilib, yoshlarimizni
barkamol insonlar sifatida tarbiyalashimizga
yordam bermoqda.
Shuni alohida talddlash loziriiki, Alisher Navoiy
o*z salaflari dostonlariga yuqori baho berar ekan,
har bir asar muqaddimasida ulardagi jiddiy
nuqsonlami ham alohida taltidlab о lib, ushbu
kamchiliklami keskin tuzatish yolini qollaydi.
Masalan, Nizomiy va Dehlaviylar Bahrom, Xusrav
kabi shohlami tasvirlaganda, ulaming dabdabali
hayotlari, mol-u dunyosi-yu qo’shini, toj-taxti-yu
hashamati, qudrati-yu imoratlarini rosa maqtab,
odamlarga, masalan, Bahrom o‘z malikalariga
nomunosib ishlar buyurgani haqida to‘xtalib,
chinakam muhabbat tasviridan xoli bu asarda
har ikki ijodkor xatolarini shunday deya alohida
talcidlagan edi:
«Bo‘yla nodon uchun yozib avsof
Anga qilgaylar o‘zlarin vassof.
Madhini behisob yozgaylar,
Balki mavzun kitob yozgaylar.
Qilg‘ay o ‘z «Panj ganjbdin bir ganj.
Alloh, Alloh! Ne ganj bo‘lg‘ay bu!
Sarbasar elga ranj bo‘lg‘ay bu!»
Alisher Navoiy dostonlari esa puxta tuzilishi,
voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi bilan ajra-
lib turadi. Shoir o‘z asarlari qahramonlarining
har bir xatti-harakatini, ichki olamini ijtimoiy
va ruhiy jihatdan asoslashga alohida diqqat
qiladi. Har qaysi asarning boshlanish qismida
qahramonlarning kelajakdagi voqealarga, qah-
ramonliklarga, sevgi-sadoqatga, sabr-qanoatga,
ilmiy-muhandislik muammolarini hal qilishga,
hunar sohasiga tayyorlaydi, shuning uchun
ularning faoliyatlari o‘quvchida ishonch hosil
qiladi. Farhod, Qays, Iskandar, Suhayl, Sa’d,
Axiy kabi qahramonlar shunday fazilatlari bilan
o’quvchi muhabbatini qozonadi.
Navoiy, ayniqsa o‘zi yaratgan qahramonlarning
ichki dunyosini, ruhiyatini tolaqonli aks ettiradi.
Farhodning Salosil qal’asidagi kechinmalari, Maj-
nunning dasht va sahroda chekkan iztiroblari,
Ka’ba huzuridagi nolishlari, Laylining alamli
dil so’zlari, Iskandarning onasiga maktubi kabi
o‘nlab tasvirlarda qalb kechinmalarining dardli
ifodalari g’oyat ta’sirchan ifodalangani ko’zga ya-
qqol tashlanib turadi.
Shoir «Xamsa»da tabiat va inson munosabat-
larini eng jozibador, eng nafis, eng ta’sirchan aks
ettiradi. Tabiatdagi har bir mavjudot, buijlar-u
fasllar, oy-u yulduzlar, har qaysi o’simlik, samovot
Navoiy qahramonlari tarafdori, ular uchun g‘am
qiyinchiliklami yengib o’tishga hamdamlashadi.
Majnun bog‘da behush yotar ekan, gulzordagi
barcha о‘simliklarning uning holiga munosabat-
lari manzarasini eslaylik: yoridan ayrilib gulzorda
tanho yotgan Qays ko’zini ochib qarasa:
Ko‘rdi o ‘zini chaman ichinda,
Sarv-u gul-u yosuman ichinda.
Bulbul boshi uzra nag‘ma pardoz,
Ahvolig‘a navha aylab og‘oz.
Gul holig‘a chun nazora aylab,
Gulgun yoqasini pora aylab.
Nargis shabnamdin ashk etib fosh,
Ahvolig‘a yummayin to‘kub yosh.
Chun ko‘ksida hajrdin ко‘rub dog‘,
Ko‘ksi uza lola kuydurub dog‘.
Zaxmi ko‘kidin binafshada g ‘am,
So‘ziga kiyib libosi motam.
Sunbul qilibon qaro uzorin,
Ochib qora zulfi mushkborin.
So‘giga oqar su zor yig‘lab,
Un tortib so‘gvor yig‘lab.
Sarv оЧтау mehnatidin ozod,
Qolmay shamshod dardidin shod.Bu xil samimiy va ta’sirchan tasvirdan tabi-
atning inson zotiga hamdardligi, unga cheksiz
mehribonligi mohirona chizilgani ko’zga tashlanib
turadi. Shoir insonning ham tabiatga mehr-u
shafqatini ko‘p o‘rinda san’atkorlik bilan talcidlay-
di. Jumladan, Farhod o‘z olimi oldida jabrdiyda
tog‘ga murojaat qilib deydiki:
Ki yuzungdin uyotlig’man, uyotlig‘.
Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g’ilofi,
Gahi jismingda metinim shikofi.
Yuzung yoshimga xunolud gohi,
Damimdin boshing uzra dud gohi.
Bori jurmumg‘a tig‘i afv surgHl,
Borur chog‘imda afv aylab kechurgil».Tabiat bilan Inson orasidagi bu xil do‘stona
munosabat, sadoqat, shafqat Navoiyning barcha
ijobiy qahramonlariga xosdir.
Alisher Navoiy mumtoz she’riyatimizda keng
qollanib kelgan turli xil uslublardan о‘m i bilan
unumli foydalanaveradi. Shuning uchun «Xam-
sa» dostonlarida sof realistik hayotiy hodisalar,
manzaralami ham, romantik ko^tarinki, kuchay-
tirilgan tasvirlami ham, xalq og’zaki ijodiga xos
xayoliy fantastik lavhalami ham aralash holda
uchrataveramiz. Masalan, Farhodning tog’dan
suv chiqarish faoliyatida rejalashtirish, ariqni
tayyorlash lavhalari haqqoniy tasvirlansa, ba’zan
Farhod kuch-qudratini dalillash uchun romantik
manzaralarga murojaat qiladi. Uning dev va aj-
daho bilan jang koWnishlari esa g’oyat bo’rttirib
tasvirlanadi. Boshqa dostonlarda ham shu to’rt
usul birgalikda qollanaveradi. Bu xil sinkretik
aralashlik realistik hayotiy tasvimi yorqinroq aks
ettirish maqsadini ko’zlaydi.
«Saddi Iskandariy» dostonidagi qo’shinlaming
to’qnashuvi, ayniqsa, yakkama-yakka olishuvlar,
shohlar aro munozaralar, Iskandar devorining
qurilishi o’quvchini hayotiy tasvirga ishontiradi.
ham voqealaming rostligiga shubha uyg’otmaydi.
Birinchi hikoyada Axiyning o‘z xotinini Farruxga
berib yuborishi har qancha g‘ayritabiiy tuyil-
masin, Axiyga xos yuksak insonparvarlik, uni
olimdan qutqarib qolish uchun shunday ishga
qo*l urishi ham aql bilan fikr yuritgan kishiga o‘ta
g’ayritabiiy tuyulmaydi. «Suhayl va Mehr» hikoyasi
ham haqqoniyligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.
Navoiy «Xamsa»sida yaqqol ko‘zga tashlanib
turadigan kashfiyotlardan yana bin dostonlarda
ilmiy-hayotiy timsollarga keng o‘rin berilishidir.
Ilm va fan bilan bolalikdan qiziqib kelgan shoir
«Farhod va Shirin» dostonida robotlar siste-
masini yovuz kuchlar quroli sifatida tasvirlab,
inson tafakkurining, Farhodning bu ilmiy-xay-
oliy jismlar ustidan g’alabasini tasvirlagan edi.
«Sab’ayi sayyor» dostonida Navoiy soatiga 35-45
kilometr yuradigan «Sariyus sayr» nomli ulov
haqida fikr yuritadi. Bu asboblar odamlarga tez
harakat qilishga imkon beradi.
«Saddi Iskandariy» dostonida esa jahonni
yorituvchi Jamshid jomi, Chin olimlari ishlagan
ikki ajoyib ko‘zgu, Rum donishmandlariyaratmish
ajoyib jom va usturlob asboblari tasvirlanadi. Mal-
lu qo’shinlariga qarshi Iskandar olimlari tomoni-
dan ishlangan sirli qurol atom bombasini eslatadi.
Bunday tasvirlami biz boshqa shoirlar ijodida
uchratmaymiz. To‘g‘ri, shoir salaflari Iskan-
darning shisha idish yasatib, unga arqon ulab,
suv ostida yuz kun baliqlar hayotini oVgangani-
ni talcidlashgan edi, lekin Navoiy bu xil tasvir
ilmiy-xayoliy timsolga nisbat berilsa, o‘quvchini
yatini uning payg’ambarlik quwati ifodasi sifatida
ko‘rsatishni ma’qulroq ko‘radi.
Alisher Navoiy «Xamsa»sini tashkil qiluvchi
dostonlaming har biri katta hajmga ega bolgan,
yuksak ma’naviyat va badiiyat qonunlariga tola
amal qilingan holda yozilgan hamda boy va go’zal
o‘zbek tilining bor nafosatini o’zida ifoda qilgan
mukammal badiiy asardir. XV asr adabiy tilida
yaratilgan va hozirgi zamon o’quvchilari uchun
anchagina tushunilmaydigan, aniqrog’i, eskirgan
so’zlari bolgan, xilma-xil til san’atlari va uslublari
qollangan bu obidalami Navoiy tilida tushunish
ancha mehnatni, lug‘atlar ustida tinimsiz ishlash-
ni talab qiladi. Kitob yozib tugallangan XV asrda
va undan keyin ham dostonlarni o’qib anglash
oson bolmagandirki, keng xalq ommasi qiynal-
masligi uchun «Xamsa»ning ixchamlashtirilgan
va soddalashtirilgan xalqona nasriy nusxalari
yaratilgan. Adabiyotshunos Maxzun, Umar Boqiyning
kitoblari shunday asarlardan edi.
Navoiy «Xamsa»si dostonlarini osonroq tushu
nish uchun o’tgan asrda ham bir necha harakatlar
qilindi. O.Sharafiddinov, Y.E.Bertels, V.Zohidov,
A.Qayumov, P.Shamsiyev, O’.Karimov, S.Mutalli-
bov, A.Rustamov, S.Erkinov, N.Mallayevvabosh-
qalar tomonidan Navoiy «Xamsa»si dostonlarining
mukammal nasriy matnlari tuzilib, ko‘p nusxada
nashr qilindi. Ammo o’quvchilar, litsey va kollej
talabalari hamda ulug‘ shoirning ko‘p sonli mux-
lislari uchun bu mukammal nasriy nashrlar ham
oglrlik qilyapti, shekilli. Har holda yoshlarimizning
ko’plari «Xamsa» dostonlari mazmunidan yaxshi
bunga imkoniyat topilmaydi — kitoblar yetish-
maydi.
Shulami hisobga olgan holda biz Navoiy «Xam-
sa»si dostonlarining asosiy mazmunlarinigina ix-
cham tarzda bayon qilingan kitobchalar va ulam-
ing barchasini to’plab bitta kitob holida tajriba
sifatida taqdim etishni ma’qul ko’rdik. Nashr etil-
gan asarlaming kirish va xulosa qismlari tushirib
qoldirilgan, asardagi cho’zilib ketgan ba’zi oVinlar:
manzaralar, monologlar ixchamlashtirilgan. Bu
Xil yondashish dostonlaming toliq tushunilishiga
imkon bermaydi. Ular haqida keng malumotga
ega bolish uchun dostonlaming toliq nasriy
bayoni, qolaversa, Navoiy dostonlarining o‘zi bilan
toliq tanishish lozim. Qolingizdagi kitob esa dos-
tonlar mazmunini osonroq tushunib olishingizga
yordam beradi, xolos.
Kitob tajriba holida nashr etilayotgani uchun
unda ayrim kamchiliklar bolishi ham mumkin.
Olimlarimiz, navoiyshunoslarimizning o’rin-
li maslahatlari, Navoiy «Xamsa»sining shu xil
nashrini yanada mukammalroq nashr etishimizga
yordam beradi, deb ishonamiz.
Anvar HOJIAHMEDOV
YARATILISH TARIXI HAQIDAGo‘zal so ‘zlovchilarning boshidagi toji, haqiqat
ganji tojining gavhari, fazilat koni javharining
saqlovchisi, yetuklik dengizining qimmatbaho
duri bolgan ganjalik ma’noli so’zlar ijodkori1
o‘y-fikri mezoni bo’lgan «Xamsa», «Beshlik»
emas, «Panj ganj» («Besh xazina») deb atashga
arzirlidir. So‘z durlarining bu ajoyib nozimini
falak «Nizomiy» deb atagan edi. Bu nomdagi
besh harfni qo’shib hisoblaganda, Allohning
ming bir nomiga teng son paydo boladi. Uning
asari durlaridan yer yuzi lim-lim bolib, balki
falakning qimmatbaho buyumlar solinadigan
qutichalari ham to lib toshgandir.
Hind chavandozi2 she’riyatida yaratilgan dos-
tonlarning har biri go^o Hindis tonning bir viloya-
tiga ohcshaydi. U xazina sochuvchi Ganja shohiga
payrov boldi, Nizomiy so‘z iqlimining shohi bo Isa,
bu Xusravi boldi. Ganja quyoshi o‘z bayroglni
ko^argach, so‘z mamlakatini yakkaqalam qilib,
qaysi mamlakatni zabt etgan bolsa, o‘sha olka-
larga Xisrav ham sipoh tortdi.
Qaysi shabistong’aki ul qildi azm,
Bazmi yerida bu dog‘i tuzdi bazm.
Ul bezabon «Maxzani asrori»din,
Bu yorutub «Matlayi anvonidan.
Ko’p kishi ham qildi tatabbu’ havas,
Sarv-u gul o ‘trusig‘a kelturdi xas.
1 Nizomiy Ganjaviy nazarda tutilyapti.
2 Xusrav Dehlaviy demoqchi.
Bermadi yod eskifalak gardishi.U bugun so’fiylar peshvosi, haqiqat sirlarining
ochuvchisidir, kolcsi nozik ma’nolar xazinasining
duri, ko‘ngli ma’nolar yuzining oynasi, nazmlari
jahon iqlimlarida mashhur, nasriy asarlari jon
mamlakatlarini egallagan. Lutf-karami, in’om-u
ehsoni shoh-u gadolar o’rtasida shuhrat topgan,
uning xizmatini ado etganlar bir umr faxrlanib
yuradilar. Lekin ul zot menga alohida e’tibor bilan
qaraydi, yozgan har bir asari men ko’rganimdan
so‘nggina elga yetib boradi.
Bahoming fayzyob kunlaridan birida shoirlar-u
allomalar, xonanda-yu sozandalar davrasida
o’tgan buyuk zotlar she’riyati haqida, jumladan,
payrov xususida bahs borar ekan, gap Nizomiy
bilan Xusravga taqaldi. Ikkala ijodkor asarlarining
jahondagi shon-u shuhrati, ular yaratgan «Xam-
sa»laming olam ahliga manzurligi haqida e’tiborli
fikrlar bildirildi. Ayniqsa, jami o‘nta doston ichida
dastlabki ikki durdonaning o’zgacha o‘m i borligi,
ulaming ma’naviy yuksakligi, badiiy barkamolligi
to‘g‘risida bir-biridan purmazmun gaplar aytildi.
Oradan bir-ikki oy o‘tgach, ul tabarruk zot
uyimga mehmon boldilar. Qollarida bir necha
kitob bor edi. Ulardan birini qollariga olib, kulib
turib, menga tutdilar.
Kim: «Olibon boshtin ауодЧда boq,
Qil nazar avroqig‘a boshtin-oyoq.
Olig’a jon naqdini sochtim ravon,
Oldim-u o ‘ptum, dog‘i ochtim ravon.
Qaysi go‘h a r«Tuhfat ul-ahror»4 edi.
Chun o’qimoq zamzamasi5 boldi bas,
Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas.
Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,
Bir necha дот о ‘Isa manga ham xirom.
Forsi o ‘ldi chu alarg‘a ado,
Turki ila qilsam ani ibtido.
Forsi el topti chu xursandliq,
Turk dog‘i topsa barumandliq.
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum.Dilni shodlantiruvchi boglaming devorlari ham
to‘rt paxsali boladi. Ulaming o‘t-u suv-u havosi
yoqimli bolganidek, tufrog’i ham muattar bolishi
muqarrar. Sarv-u gul va lolaning xaridori borligi
aniq, lekin о‘tinning ham bozori boladi-ku. At
las bilan qora rangli ipak kiyim yoqimli bo‘lsa, it
yungi ham palos qilishga yaraydi-ku. Lai bilan
yoqut va dur qimmatli hisoblansa, nega kahrabo
somonni o’ziga tortadi? Shoh uch xil may bilan
xursandlik topsa, qolgan loyidan, hech bolmasa
may quyqasini ichuvchi mayxo‘r ichib shodla-
nadi-ku. Men ham o‘zimning it kabi pastligimni
anglab yetdim-u, o‘zimni uluglar ipiga bogladim.
Ular yo’qlik dashti tomon y o l olsalar, men ham
soya kabi ularga hamqadam bolg’umdir.