KINDAKLITEPA — Oʻzbekistonning jan. dagi qad. qishloqxarobasi (mil. av. 4 — mil. 6—7-a. lar). Qashqadaryo vohasining oʻrta qismida, Qorabogʻ qishlogʻi yaqinida. Mazkur qishloq xarobasi oʻzi joylashgan tepalik (bal. 12 m, mayd. 0,25 ga) ning shakliga koʻra shunday nom olgan. 1955—57 y. larda Qashqadaryo arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi (rahbari V. D. Jukov) bu yerda qazish ishlari olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida madaniy qatlamlar orasida puxta qilib qurilgan bir qancha toʻrtburchak shakldagi inshootlar qoldiklari (tarhi 5,87×6,65 m, 6×7,5 m, 5×5,4 m) borligi aniqlandi. Saqlanib qolgan devorlarning bal. 0,7 m dan 3 m gacha, qalinligi 1,4 m dan 1,7 m gacha boʻlib, baʼzilari xom gʻisht (54x32x11 sm3, 47x27x9 sm3, 58x32x9 sm3, 25×10 sm3) va baʼzilari paxsadan qurilgan. Kindaklitepadan sopol idishlar siniqlari, koʻza va xumlar, kozon va oʻchoqlar, suyak, tosh, mis, temir va shishadan qilintan buyumlar, chiroqdonlar, oʻgʻir va yorgʻuchoqlar, sopol muhr va tugmalar, urchuq hamda toʻquvchilik dastgohlarida ishlatiladigan konussimon, bikonussimon va yassi yuk toshlari hamda kulolchilik dastgohlari boʻlaklari topildi. Urchuq va toʻquv dastgoxlarida ishlatiladigan yuk toshlari toʻquvchilik Kindaklitepa aholisining asosiy mashgʻulotlaridan biri boʻlganligini koʻrsatdi. Mazkur ashyoviy dalillar va i. t. lar natijasida Kindaklitepa aholisining oʻtroq tarzda hayot kechirib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashgʻul boʻlganligi hamda keyinchalik suv tanqisligi oqibatida bu yerni tark etganligi aniqlandi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии