ANDIJON DON MAHSULOTLARI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«ANDIJON DON MAHSULOTLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATIoziq-ovqat sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. 1964-y. Andijon un kombinati sifatida tashkil etilgan. 1994-y. dan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan un va chorva uchun aralash yem mahsulotlari ishlab chiqaradi. Bir yilda 68500 t un, 73000 t aralash yem i. ch. quvvatiga ega. 1967-y. korxonada elevator (don saqlash boʻlimi), 1968—69 y. larda aralash yem sexi ishga tushirildi. 1984 — 89 y. larda asosiy i. ch. uskunalari Shveysariyaning «Byuller» firmasining texnologik liniyalari bilan almashtirildi va i. ch. quvvatlari oshirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x