Tohir Mahkamov — Xayr demay ketavering

Bir adashdim, endi yorim, hech adashmay,
Siz go`zaldan sadaqa bir ishq talashmay, (x2)
Bedil bilan dil bozormas, savdolashmay,
Xayr demay, ketavering, xayrlashmay,
Xayr demang, ketavering, xayrlashmay.

Qo`shqo`l bilan tutqazganim yurak edi,
So`raganim sevgi to`la tilak edi,
Sizdan kutgan orzularim bo`lak edi,
Xayr demay, ketavering, xayrlashmay,
Xayr demang, ketavering, xayrlashmay.

Quldan battar xor qildingiz “shohim” desam,
Zulmat deya yuz burdingiz “mohim” desam,
Cho`l bo`ldingiz “gullab turgan bog`im” desam,
Xayr demay, ketavering, xayrlashmay,
Xayr demang, ketavering, xayrlashmay.

Bino qo`yib yuravering ko`rkingizga,
Osmon sig`sin men sig`magan ko`ksingizga,
Tosh qalbingiz siylov bo`lsin o`zingizga,
Xayr demay, ketavering, xayrlashmay,
Xayr demang, ketavering, xayrlashmay. {x3}

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x