KAROTINOIDLAR

KAROTINOIDLAR — oʻsimliklar, ayrim mikroorganizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar) va hayvonlarning sariq, pushti yoki qizil pigment». K. kimyoviy tabiatiga koʻra, asosan, siklik tuzilishga ega boʻlgan uglevodlardir. Yogʻlar va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Erkin yoki oqsillar bilan kompleks holda uchraydi. Karotinoidlardan karotin (oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida), ksantofill (oʻsimliklarning yashil qismida), likopin (pomidor mevasida), kriptoksantin (sariq makkajoʻxori donida), astaksantin (qisqichbaqasimonlar qalqonida), pektinoksantin (mollyuskalar gonadasida) koʻp uchraydi. Karotinoidlar odam va hayvonlar organizmiga, odatda, oziq bilan oʻtadi. Karotinoidlardan r-karotin va kriptoksantin A provitamin (q. Vitaminlar) boʻlib, jigarda vitaminga aylanadi. R-karotin tibbiyotda keng qoʻllaniladi; K. — oziqovqat sanoatida boʻyovchi modda sifatida ishlatiladi. Karotin preparatlaridan A avitaminozda, uning kolloid suvli eritmalaridan kuygan va sovuq urganda ogʻriqsizlantiruvchi malham sifatida foydalaniladi. Karotin oʻsimliklardan olinadi; mikrobiologiya sanoatida sintez qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x