QAYROQQUM SUV OMBORI

QAYROQQUM SUV OMBORIFargʻona vodiysining gʻarbiy qismidagi gidrotexnika inshooti (Tojikiston va Uzbekiston hududida). Sirdaryoni toʻsgan Qayroqqum gidrouzeli toʻgʻoni bilan hosil qilingan; 1956—58 yillarda toʻldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km2, foydali hajmi 2,6 mlrd. m3. Uz. 60 km, maksimal eni 20 km, oʻrtacha chuq. 8,2 m, maksimal chuq. 30 m. U Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman koʻp yillik tartibga soladi, doimiy sutorish mayd. 475 ming ga dan ortiq. Qayroqqum suv ombori tarkibiga quvvati 426 MVt boʻlgan GES, toʻgʻon gidrouzeli, umumiy uz. 27 km boʻlgan chap qirgʻoq marza dambalari, suv osti zonasini gorizontal va vertikal drenajlovchi nasos qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv oʻtkazish imkoniyati 20 m3/s boʻlgan Xoʻjabaqirgʻon (chap qirgʻoq) va Samgʻor (oʻng qirgʻoq) sugʻorish nasos styalari suv oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x