ISHQALASH, ishqalab moslash — asosan, juft boʻlib ishlaydigan detallarni bir-biriga moslash, ularga mexanik ishlov berish. Oʻlchamiga yetka-zish va bir-biriga ishqalash stanoklarida ishqalagich asbob yordamida yoki ikkala detal (mas, klapan va klapan egari) ni abraziv material yordamida ishqalab amalga oshiriladi. Bunda tashki silindrik yuzalarga halqa koʻrini-shidagi ishqalagichlar b-n, teshiklarga oʻlchami oʻzgaradigan silindrlar koʻrinishidagi ishqalagichlar b-n, yasen yuzalarga disksimon ishqalagichlar b-n, tishli gʻildiraklarga tishlari tishli gʻildirak koʻrinishidagi ishqa-lagichlar bilan ishlov beriladi. Ishka-lagichlar choʻyan, pulat, mis, jez va b. materiallardan tayyorlanib, ular ishlov beriladigan detallar materiallaridan yumshoqboʻladi. Ishqalash mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik va b. da keng qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые