ITALIKLAR

ITALIKLAR — mil. av. 2ming yillikda Apennin ya. o. ga koʻchib kelib oʻrnashgan hind-yevropa qabilalari. Etnik va til jihatdan Laiiya va Jan. Etruriya viloyatlarida yashovchi lotinfalisk kabilalari va Jan. Italiyagacha boʻlgan yerlarda yashovchi umbr-sabel (yoki oskumbr) qabilalari (bruttiylar, kampaniyaliklar, lukanlar, sa-binlar, samnitlar)ga boʻlinadi. Italiklar, asosan, chorvachilik, baʼzi qabilalar (lotinlar, osklar) dehqonchilik bilan shugʻullangan, ularda patriarxal tuzum saklangan. Uzoq davom etgan urushlar natijasida Italiklar rimliklar tomonidan boʻysundirilgan, qardosh lotin tili italiy tillarini siqib chiqargan. Italiklarning ayrimlarigina Rim fuqarosi huquklariga ega boʻlgani, ularning aksariyati esa rimliklar tomonidan aso-ratga solingani sababli, Italiklar tez-tez qoʻzgʻolonlar koʻtarib turishgan; ulardan eng yirigi — «Ittifoqchilik uru-shi» deb atalmish qoʻzgʻolon (mil. av. 90 — 88-y. lar) natijasida italik zodagonlarning siyosiy talablari (Rim fuqaroligi huquqiga ega boʻlish) qondirilgan. Shu davrdan boshlab Rim va Italiklar fuqarolari oʻrtasidagi farq yoʻqolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x