ISTAMI XOQON, Istemi (xitoycha Shi-de-mi, yun. — Stemvis, vizantiyacha — Dizavul yoxud Silzibul, arab. — Sindjibu) (?—576) — Gʻarbiy turk xoqonligining asoschisi va 1-xoqoni (553—76). Bumin xoqonning ukasi. Akasi vafoti (553) dan soʻng Turk xoqonyaiginpnt gʻarbga qilgan harbiy yurishiga rahbarlik qilgan. Istami xoqon qoʻshinining soni 100 ming kishi boʻlgan. Uning unvoni yabgʻu-xoqon boʻlgan. Istami xoqon gʻarbni zabt etishga jiyani Mugʻon xoqonning yabgʻusi sifatida yoʻl olgan. Istami xoqon qoʻshini qattiq qarshilikka uchramagan. 555-y. ular «Gʻarbiy dengiz» (Orol dengi-zi) boʻyiga yetib borganlar. Firdavsiyning yozishicha, Istami xoqonga tobe boʻlgan mulklarning chegarasi «Chin» (Xitoy)dan Jayxungacha va Choch (Toshkent)ning narigi tomonidagi Gulzariyun (Sirda-ryo) gacha choʻzilgan. Shunday qilib, turkiylar bir yarim yil ichida butun Mar-kaziy Qozogʻiston, Yettisuv va Xoraz-mni zabt etganlar. Biroq Istami xoqon yurishi keyin qiyinlashgan. Orol dengizining shim. da unga xuni (xionitlar), var (oʻgʻur qavmi) va oʻgʻur (ugorlar-vengerlar ajdodi) lar qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Faqat 558-y. bu qabilalar tor-mor qilingan va turkiylar Volga boʻylariga chiqqanlar. Istami xoqonga tobe boʻlishdan voz kechgan var va xuni qa-bilalarning qolgan-qutganlari (20 mingga yaqin kishi) qochib, keyinchalik yagona xalq — avarlarta birlashgan. Istami xoqon: «Avarlar turk qilichidan qochib qutulish uchun osmonga uchadigan qushlar emas, ular suvga shoʻngʻib dengiz poʻrtanalarida gʻoyib boʻladigan baliqlar emas, ular yer yuzida tentirab yuri-shibdi. Eftaliylarni yengib olay, avarlarga hamla qilaman, shunda ular mening kuchqudratimdan qochib qutulmaydilar», degan edi. U eftaliylarga qarshi yurishni faqat 561-y. boshlagan, chunki bu davrda Xusrav I Anushirvon Vizantiya imperatori Yustinian bilan sulh tuzib, eʼtiborini sharqqa qaratgan edi. Istami xoqon Eron b-n harbiy ittifoq tuzib, uni Eron shohining qiziga uylanish bilan yanada mustahkamlaydi. Sosoniylarni Balxga bergan zarbasidan foydalanib, Istami xoqon qoʻshini 565-y. Oʻrta Osiyoga, eftaliylar hududiga bostirib kirgan. Buxoro yaqinidagi 8 kun davom etgan jangda eftaliylar podshosi Gatifarning qoʻshini tor-mor qilingan. Oʻrta Osiyoni toʻla zabt etish 571-y. tu-gallangan.
Turkiylarning ashaddiy dushmani boʻlgan avarlar Savadan Donga qadar choʻzilgan dashtlarni egallaganlar va Istami xoqon jan. ga qilayotgan yurishini toʻxtatib, eʼtiborini gʻarbga qaratishga toʻgʻri kelgan. 567—571-y. larda turkiylar butun Shim. Kavkazni egallashgan, ular balanjar va xazarlarni tobe etib, Darbandga kadar yetib borganlar va is-tehkomlarni koʻzdan kechirib dashtga qaytganlar. Ularning yerlari Bospor yaqinida Vizantiya imperiyasi yerlari bilan tutashgan. 569-y. I. x. Vizantiya elchisi Zemarxga qirgʻiz elatidan boʻlgan asira qizni inʼom qilgan. Istami xoqon Sali togʻlaridan Kavkaz va Qrimgacha yoyilgan Gʻarbiy turk xoqonligi hududida 10 ta turkiy xalqni birlashtirgan yagona ittifoqni barpo etgan. Istami xoqon va-fot etgach, oʻgʻillari Qorachuringa Yettisuv, Turksanfga esa quyi Volga va Ural atrofidagi yerlar meros qolgan.
Ad.: Barmankulov M ., Xrustalnaya mechta tyurkov o kvadronatsii, Almatы, 1999; Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M„ 1967.
Faxriddin Hasanov.