QRIM

QRIM, Qrim Muxtor Respublikasi — Ukraina tarkibidagi muxtor respublika. Qrim ya. o. da joylashgan. Mayd. 27 ming km2. Aholisi 2205,6 ming kishi (1996). Poytaxti — Simferopol sh. Maʼmuriy jihatdan 15 r-n, 10 shahar, 56 shaharchaga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Qrim — muxtor respublika. Respublika rahbari — Oliy Kengash raisi, ijroiya hokimiyat boshligʻi — hukumat.

Tabiati toʻgʻrisida Qrim yarim oroli maqolasiga qarang.

Aholisi rus, ukrain, qrimtatar va b. Shahar aholisi 69,2%. Davlat tillari — ukrain, rus, qrimtatar tillari. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar va musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Simferopol, Boqchasaroy, Feodosiya, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriya.

Tarixi. Qrimda yashagan qad. odamlarning suyak qoldiqlari paleolit davriga mansub. Shuningdek, bu yerda neolit, jez va ilk temir davrlariga xos koʻpgina arxeologik yodgorliklar topilgan. Mil. av. 1-ming yillikda Qrimda kimmeriy, tavr (Q. ning togʻli va sohil qismi qad. nomi — Tavrika, Tavriya, Tavrida tavr qabilasi nomidan kelib chiqqan) va skif qabilalari yashagan. Mil. av. 6—5-a. larda Qrimning sohil qismida yunonlar oʻz koloniyalarini tashkil etdilar. Ularning eng yirigi Xersones va Pantikapey boʻldi. Mil. av. 5-a. da Kerch ya. o. da Bospor podsholigi, Qrimning dasht qismida Skif davlati (mil. av. 3-a.) vujudga keldi. Mil. av. 1-a. ning 2-yarmida Qrimning sohil qismi Rim tomonidan bosib olindi. Mil. 3—4-a. larda bosqinchi qabilalar (gotlar, gunnlar) Q. ning koʻpgina qad. shaharlarini vayron qilib, Bospor va Skif davlatlarini tugat-dilar. Qrimning sharqiy qismi 10-a. dan Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirdi. Bu davrda Qrim aholisi skif, tavr, got, sarmat, alan, xazar, bijanak va b. xalqlar avlodlaridan iborat boʻlgan, sohilda yunon va slavyanlar yashagan. 13-a. da Qrimga moʻgʻullar bostirib kirgach, bu yerda Oltin Oʻrdanit Qrim ulusi vujudga keldi. 13—15-a. larda Qrimda genuyalik savdogarlarning mudofaa istehkomlari boʻlgan savdo markazlari faoliyat koʻrsatdi. Oltin Oʻrda inqirozga uchragandan keyin (1443), Qrim ulusi oʻrnida Qrim xonligi tashkil topib, 1475-y. dan boshlab Turkiya vassaliga aylandi. 1783-y. da Qrim butunlay Rossiyaga qoʻshib olindi. 1853— 56 y. lardagi Qrim urushi davrida Qrim harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1917-y. fev. inqilobidan soʻng mayda jamoat tashkilotlari paydo boʻldi va ular «Qrim qrimliklar uchun» shiori bilan chiqib, Qrimni Rossiyadan ajratib olishga harakat qildilar. 1917-y. 16(29) dek. da sevastopolda, 1918-y. 13(26) yanv. da Simferopolda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918-y. 21-martda Qrimda Tavriya Respublikasi tuzilib, U RSFSR tarkibiga kiritildi. Ammo shu yilning oʻzida (apr. da) Germaniya Q. ni ishgʻol qildi. 1918-y. noyab. da Qrimga Antanta qoʻshinlari tushirildi. 1919-y. apr. da ular Qrimni tark etdi. 1921-y. 18 okt. da RSFSR tarkibida Qrim muxtor respublikasi tashkil etildi. 2-jahon urushi (1939—45) davrida Qrim shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1944-y. mayda nemislardan ozod etildi. 1945-y. 30-iyunda muxtoriyat tugatilib, Qrim viloyati tashkil etildi (u 1954-y. Ukraina tarkibiga oʻtkazildi); aholisining bir qismi — qrimtatarlar 1944-y. Oʻrta Osiyoga deportatsiya qilindi (1967-y. ularning konstitutsiyaviy huquqlari tiklandi). 1991-y. 12 fev. da Q. Muxtor Respublikasi tuzildi (Ukraina tarkibida).

Xoʻjaligi. Qrim — koʻp tarmoqli q. x. va sanoat tarmoqlari rivojlangan hudud. Dam olish va davolanish joyi hamda ommaviy turizm r-ni.

Sanoatida oziq-ovqat (meva-sabzavot, vinochilik, efir moyli oʻsimliklarni qayta ishlash), mashinasozlik (kema, pribor, televizor va b. ishlab chiqarish), kimyo, yengil sanoat yetakchi tarmoqlardir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Temir rudasi (Kamish-Burun temir ruda kti) va tabiiy gaz qazib olinadi. Simferopol davlat tuman elektr st-yasi va b. bor. Kerch, Yalta, Sevastopol. Yev-patoriyada baliqni qayta ishlash korxonalari mavjud.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — tokchilik, bogʻdorchilik, efir moyli oʻsimliklar mahsuloti yetishtirish, goʻsht-sut chorvachiligi. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, sholi, dukkakli don ekinlari, kungaboqar, zigʻir, tamaki, efir moyli ekinlar (atirgul, la-vanda, muskat shalfeyi) ekiladi. Sabzavotchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi.

T. y. lar uz. 700 km ga yaqin. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 7 ming km dan ziyod. Kerch, Feodosiya, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriya dengiz portlari bor.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari Ukraina va Qrim dagi tibbiyot oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Asosiy kurortlari: Yalta, Misxor, Alupka, Simeiz, Gurzuf, Alushta (Qrimning janubiy sohili), Feodosiya, Yevpatoriya.

Qrimda taʼlim tizimi Ukraina taʼlim tizimi asosida rivojlanmoqda. Qrimda Simferopol un-ti, tibbiyot, q. x., priborsozlik in-tlari bor. I. t. lar Qrim astrofizika rasadxonasi, Nikita botanika bogʻi, vinochilik va tokchilik, dengiz baliq xoʻjaligi va oke-anografiya i. t. institutlari va b. ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib boriladi. Qrimda 5 teatr, filarmoniya, bir qancha klub muassasasi va kinoquril-ma, muzey (yiriklari — Qrim oʻlkashunoslik muzeyi, Boqchasaroy tarix-arxeologiya muzeyi, «Sevastopol mudofaasi» panoramasi, «Sapungorani shturm qilish» dioramasi va b.) va kutubxonalar bor.

Meʼmorligi. Qrim hududida mis-jez davridan mengirlar qolgan. Mil. av. 1-ming yillikda tavrlar tomonidan tosh istehkomlar qurilgan. Qad. Xersones, Pantikapey koloniyalarining mudofaa inshootlari, ibodatxona, maqbara yodgorliklari xarobalari saqlangan. Oʻrta asrlarda Qrimda Vizantiya badiiy madaniyati yodgorliklari — xristian bazilikalari (7—8-a. larda Xersonesda) va xochli gumbazsimon ibodatxonalar (Kerchdagi Ioann Predtech cherkovi, 10—13-a. lar) qurildi. 6-a. dan Qrim dashti va togʻoldi aholisi togʻlarda gʻor shahar va qalʼalar barpo etgan (Boqchasaroy yaqinidagi Chufut qalʼa, Eski Kermen, Tepe Kermen; Sevastopol yaqinidagi Inkerman va Mangup). Qrim hududida arman meʼmorligi yodgorliklari (Feodosiya sh. dagi Sergiy, Stefan cherkovlari, 14—15-a. lar) mavjud. Feodosiya (1348), Sudak (1345—1414), Balaklava (15-a.)da genuyaliklar mudofaa inshootlarini yaratganlar. Oltin Oʻrda hukmronligi va Qrim xonligi davrida serhasham masjid, madrasalar qurildi (Q. stansiyasidagi 13-a. ga mansub masjid va 14-a. da qurilgan madrasa, Boqchasaroyda 16—18-a. larda barpo etilgan xon saroyi majmuasi, Yevpatoriyada meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan 1552-y. da qurilgan Jome masjid va b.). 18-a. ning 80-y. laridan shahar (Sevastopol, Simferopol), ibodatxona, saroy, bogʻlar qurildi (Sevastopoldagi Petropavlovsk sobori, 1843; Qora dengiz floti muzeyi, 1895, meʼmor A. M. Kochetov; «Sevastopol mudofaasi» panoramasi binosi, 1902—04, meʼmor V. A. Feldman; Alupkadagi Voronsov saroyi, Livadiyadagi podsho saroyi, 191113, meʼmor N. P. Krasnov). 1920-y. lardan shahar, qishloq, kurort qurilishlari avj oldi (Yalta sh. yaqinidagi «Kurpati» sanatoriysi, 1936, meʼ-mor V. Kovalskiy; Alushtadagi dam olish uyi, 1939, meʼmor A. Beketov). 1960—70 y. larda Gurzufda xalqaro «Sputnik» lageri (1962, meʼmorlar A. Polyanskiy va b.), «Artek» pioner lageri, Yaltada «Saturn» kinoteatri (1968, meʼmor I. Tatiyev), Sevastopolda shahar kengashi binosi (1971—73) va «Turist» mehmonxonasi (1974, meʼ-mor I. Fialko), Simferopolda musi-qali drama teatri (1976, meʼmor S. Afzametdinova), Alushtada «Chayka» pioner lageri (1979, meʼmor T. Belyayeva) bunyod etildi.

Tasviriy sanʼati. Qrimda mil. av. 3 — 2-ming yilliklarga mansub qoya toshdagi rasmlar (jang lavhasi; Boqchasaroy yaqinidan topilgan), qabr toshlariga ishlangan naqshlar, qabila yoʻlboshchisi, jangchi, choʻpon aks ettirilgan yassi boʻrtmali tasvirlar topilgan. Mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmidan Qrim sanʼati Qrimning sohil qismidagi yunonlar sanʼati bilan bogʻliq. Bu davrda yunon sanʼati anʼanalari bilan mahalliy anʼ-analarning oʻzaro taʼsiri kuchli boʻlgan. Skiflar Neapoli va Panti-kapeydagi tosh daxma rasmlarida mifologik tasvirlar bilan birga hayotiy tasvirlar ham aks etgan; Q. shaharlarida haykaltaroshlik rivojlangan (qabr toshlaridagi boʻrtma tasvirlar, har xil haykalcha va b.). Xersonesda ras-mlar bilan bezatilgan stelalar va noyob mozaikalar topilgan. Pantikapeyda turli rangda vazalar tayyorlangan, yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Bospor hunarmandlarining Qrim va unga qoʻshni hududlardan topilgan oltin va kumushdan tayyorlangan buyumlari jahonga mashhur (Aulooadagi koʻza, Gayma-nov mozorqoʻrgʻonilati idish. Soloxadan topilgan oltin taroq va b.). Urta asrlarda Qrim sanʼati maʼlum larajada Vizantiya taʼsirida rivojlandi. 7 — 8-a. larda bazilikali xristian ibodatxonalari interyeri mozaika va fres-kalar bilan bezatildi (Xersonesdagi Uvarov bazilikasi). 12—15 – a. larda Qrim togʻlari gorlaridagi ibodatxonalar ham freskalar bilan qoplangan. Keyinchalik monumental rangtasvirda qad. rus rangtasviri anʼanalari Vizantiya sanʼati unsurlari bilan qoʻshilib ketdi (Feodosiyadagi Stefan, Kerchdagi Ioann Predtech cherkovlari devoriy tasvirlari). 18-a. da saroy interyerlari devoriy tasvirlar va turli bezaklar bilan bezatildi (Boqchasaroydagi xon saroyi). 19-a. — 20-a. boshlarida Qrimda I. Ayvazovskiy, R. Sudkovs-kiy, K. Bogayevskiy, F. Vasilyev, M. Voloshin, N. Samokish va b. rassomlar ishladi.

Undan keyingi davr rassomlari boʻlgan F. Zaxarov, K. Proxorov, P. Stolyarenko, V. Svetkova kabi rassomlar faoliyati ham Qrim bilan bogliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x