QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR

QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR, shilliq qurtlar — molyuskalar sinfi. Gavdasi asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh boʻlimlaridan iborat. Koʻpchilik Qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chigʻanoq ichiga tortib olish xususiyatiga ega. chigʻanogining bal. 0.5 mm dan 70 sm gacha. Yagona yassi oyogʻi yerdamida tovonidagi ma. xsus bezlar ajratib chiqaradigan shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi chigʻanoq ichida buralib joylashgan boʻlib, mantiya bilan oʻralgan. Boshida 1 juft (quruqlik Q. m. ida 2 juft) paylaslagichlari, ular asosida (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalar ida paypaslagichlar uchida) bir juft koʻz va ogʻiz teshigi bor. Chiganogi xilmaxil: konussimon, spiral yoki kosasimon; anri. m Q. m. (yalangʻoch shilliqlar) la redukpiyaga uchragan. Ogzida 2 ta dak 17—16 ming tagacha tishchalar bilan qoplangan radula (qirgʻich tilcha) bor. Anal teshigi boshi ostida yoki uning yonida joylashgan. Nafas olish organlari suvda yashovchi Qorinoyoqli mollyuskalarda bitta yoki bir juft patsimon jabra; quruqlik va koʻpchilik chuchuk suv mollyuskalarida — oʻpka. Nerv sistemasi — tarqoqjoylashgan nerv tugunlari. odatda, 5 juft.

Muvozanat saqlash (statonistlar) va kimyoviy sezgi orkshi (osfradiylar) bor. Germafrolit ski ayrim jinsli. Uruglanishi ichki, germafrodit Qorinoyoqli mollyuskalar bir-birini uruglantiradi. Chuchuk suv va quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalari oʻzgarishsiz, dengiz Q. m. i metamorfoz orqali rivojlanadi (tuxumlan plankton veliger lichinka chiqadi).

Qorinoyoqli mollyuskalarning 90000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. Oʻzbekistop faunasida 100 ga yaqnn tri maʼlum. Bentosla (q. Bentos) yashaydi; ayri. m turlari suzadi. Yirtqich. oʻsimlikxoʻr yoki paraznt. Bir qancha quruqlik va chuchuk suv Qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq xoʻjaynni. Quruqlikda yashovchi bir qancha Qorinoyoqli mollyuskalar madaniy oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosila ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x