QORACHARVOQ RASMLARI — Nurota togʻlari Qoratov togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Qoracharvoq qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. 1969-y. da arxeolog A. Kabirov tomonidan topilgan va oʻrganilgan. Qoracharvoq rasmlarining eng qad. lari mil. av. 3-ming yilliklarga mansub, shuningdek, mil. av. 1-ming yillik va ilk hamda keyingi oʻrta asrlarga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-oʻyib soya va oddiy chiziqlar uslubida ishlangan; ularda odam, yovvoyi buqa, sigir, ot, it, tuya, togʻ echkisi, bugʻu, toʻngʻiz, boʻri, qoplon va b. hayvonlar tasvirlangan. Yovvoyi hayvonlarni ovlash, chorvachilik, hayvonlar jangi bilan bogʻliq manzara va lavhalar anchagina. Sanʼat obidasi sifatida Qoracharvoq rasmlari shu yerda yashagan qad. xalqning madaniyati, hayoti, tarixini oʻrganishda qimmatlidir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые