MAGISTRATURA

MAGISTRATURA (lot. magistratus — boshliq) — 1) Qad. Rimda davlat lavozimi;

2) ayrim davlatlarda sud mahkamalari tizimi;

3) koʻp davlatlarda oliy taʼlim bosqichi;

4) Oʻzbekistonda aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida taʼlim muddati kamida 2 y. davom etadigan oliy taʼlim. Magistrlik dasturini tugallab, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng, bitiruvchilarga davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga koʻra magistr darajasi berilib, ularga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasbhunar va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. OʻzRda Magistraturani birinchi marta 2001-y. 1828 kishi bitirib chiqdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x