QOSIMJONOV

QOSIMJONOV Olimjon (1878 – Toshkent — 1952) — naqqosh usta, Toshkent naqqoshligining yirik vakili. Hunarni usta Sheralixoʻja Hasanovdan oʻrgangan; u bilan birga ishlab knyazʼ Romanov saroyi (hoz. Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi), A. Polovsev uyi (hoz. Amaliy sanʼat muzeyi)ni bezashda qatnashgan. 1920-y. lardan koʻpgina jamoat binolari (ayniqsa, 1923-y. 1-Butunittifoq q. x. va hunarmandlik koʻrgazmasi; 1938-y. Butunittifoq q. x. koʻrgazmasining Oʻzbekiston pavilyoni va b.)ni bezagan. Toshkent badiiy oʻquv i. ch. k-tida naqqosh-instruktor boʻlib koʻplab shogirdlar (M. Qosimov, J. Hakimov, T. Toʻxtaxoʻjayev va b.) tayyorlagan. Qosimjonov naqsh mujassamotlarida ranglar uygʻunligidan mahorat bilan foydalanib jozibador bezaklar yaratgan; u bezagan xontaxta, kursi kabi badiiy buyumlar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x