LIPPS

LIPPS (Lipps) Teodor (1851.28.7, Vallxalben, Pfals —1914.17.10, Myunxen) — nemis faylasufi, psixologi. Myunxen psixologiya maktabi asoschisi. V. Vundt va G. Ebbingauz bilan bir qatorda Lipps 19-a. oxiridagi nemis psixologiyasini tizimga soluvchi hisoblanadi. Lipps psixologiyani falsafa fanlari — mantiq, axloq va estetikaning asosi deb bildi. Keyinchalik E. Gusserl fenomenologiyasi taʼsirida psixologizmni yengib chiqishga urindi. Sanʼat psixologiyasini ishlab chiqdi. Asosiy asarlari: «Axloqning asosiy masalalari» (ruscha nashri, 1905), «Psixologiya qoʻllanmasi» (ruscha nashri, 1907) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x