DO`STLARGA ULASHING:
Tabiiy yog‘lar yuzda terisi bilan bog‘liq nuqsonlari bor, shuningdek turli xildagi dog‘larni bartaraf qilishda hamda yuz jozibadorligini oshirishda o‘zga xos ajoyib ta’sir kuchiga ega.
Quyida berilgan 9 turdagi tabiiy yog‘ sog‘liqni mustahkamlovchi va qish mavsumida yuz terisini parvarishlash xususiyatiga ega.
Na’matak yog‘i
Mazkur yog‘ tarkibi beta-karotin, retin kislotasi va yuz terisi salomatligi uchun zarur bo‘lgan, o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari (omega-3 va omega-6)ga boy. Na’matak yog‘idan odatda yuzni tetiklashtirish maqsadida foydalanishadi. So‘ngi tadqiqolarga qaraganda, bu yog‘dan foydalanish natijasida yuz terisidagi chandiq izlar, ajinlar sezilarli darajada yo‘qoladi. Yog‘ning bir nechta tomchisidan kuduzgi yoki tungi krem o‘rnida foydalanishingiz mumkin.
Qovoq urug‘idan olingan yog‘
Qovoq yog‘i tarkibida Ye vitamini mavjud. U yuz terisini yumshatish, oziqlantirish xususiyatiga ega. Terining yoshga doir o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlarda ushbu yog‘ samarali natija beradi. Ammo, qovoq yog‘i yuzdagi tiqinlarni bekitish xususiyatiga ega emas.
Anor danagidan tayyorlangan yog‘
Ushbu yog‘ antioksidantlar va omega-5 yog‘ kislotasiga boy. U yoshartiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sanaladi. Yog‘ kollagen moddasining ishlab chiqarishni jadallashtiradi bu esa yuz terisining qarish jarayoniga keskin qarshilik ko‘rsatadi. Teri tarangligini oshirib, ajinlarni kamaytiradi va yangi terining hosil bo‘lishiga samarali ta’sir o‘tkazadi.
Gibiskus yog‘i
Gibiskus urug‘idan sovuq siqish yo‘li bilan olingan moy vitamin Ye, to‘yintiruvchi moddalar va yog‘ kislotasiga boy. Tunga yuz terisiga mazkur moydan surilsa, u ajinlarni yo‘qotib, teri tarangligini orttiradi.
Kungaboqar yog‘i
Mazkur yog‘ning kosmetik xususiyatlari haqida ko‘pchilik ma’lumotga ega emas. Sovuq siqish yo‘li orqali olinadigan kungaboqar yog‘ida A, D, E vitaminlari mavjud.
Qora zira yog‘i
Mazkur yog‘ yalig‘lanishga qarshi hamda yuzdagi teshiklarni tozalovchi xususiyatga ega. U yaralarni bitkazish xususiyatiga ega hamda yuzdagi yog‘lar faoliyatini nazorat qiladi. Mazkur yog‘ turi muamoli yuz terisi sohiblari uchun ayni muddao.
Choy daraxtidan tayyorlangan yog‘
Dermatologlar tomonidan mazkur yog‘ yuz terisi bilan bog‘liq juda ko‘p maqsadlarda ishlatiladi. Bu yog‘ kuchli antiseptik va zamburug‘larga qarshi ta’sir kuchiga ega.
Yana o‘qing: “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2017” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lishni istovchilar uchun
Marula yog‘i
Ushbu yog‘dan uzoq yillar davomida afrikaliklar ovqat pishirish va terini parvarish qilishda foydalanishgan. Uning tarkibida bir qancha to‘yimli moddalar, antioksidantlar va yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib u terini namlantirish xususiyatiga ega. Bu esa quruq va qarish jarayonini boshidan kechirayotgan yuz terisi uchun ayni muddao. Uning tarkibida antibakterial modda yuzdagi yog‘ning ishlash jarayoni faoliyatini nazorat qiladi. U teriga chuqur singib terining tarangligi va jozibasinini tiklaydi.
Yapon kameliyasi yog‘i
Kameliya yog‘i – qadimdan Osiyo ayollarining go‘zallik siri sanalgan. Xitoy va Yaponiya ayollari asrlar davomida mazkur yog‘dan yuz terisini yosh va nafis saqlash maqsadida foydalanishgan. Ushbu yog‘ tarkibida antioksidantlar, olein kislotasi va bir qancha foydali moddalar teri tarangligini oshiradi va terining qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Xurshida HUSENOVA
soglom.uz/tavsiya/qish-mavsumida-yuz-terisini-parvarishlash-uchun-9-tabiiy-yog/