Ashuladan ovozni yoki musiqani olib tashlash (minus qilish)

DO`STLARGA ULASHING:

Ashuladan ovozni yoki musiqani olib tashlash

Ashula, musiqa va ovozdan tashkil topgan( men tushunishim bo’yicha ), ovozni olib tashlab, karaoke qilib o’zingiz shu ashulani aytishingiz mumkin yoki musiqani olib tashlab, so’zlarini biror boshqa musiqaga qo’yib, har xil qiziqarli soundtracklar hosil qilsangiz ham bo’ladi.

Demak, ashulani ovoz va musiqaga ajratamiz:
1. https://vocalremover.org/ru/ saytiga kiramiz.
2. «Выбрать файл» havolasini bosamiz va kompyuterdan kerakli ashulani tanlaymiz.
3. Shundan so’ng, ashula avtomat sayt serveriga yuklanadi va ajratish jarayoni boshlanadi.
4. Biroz kutamiz, shundan so’ng, ashula ajratilib, musiqa alohida, so’zlari alohida yo’lakka olinadi.
5. Pastki qismdangi havola orqali kerakligini ko’chirib olishimiz mumkin yoki saytni o’zida eshitish imkoniyatidan ham foydalanishimiz mumkin.

Bundan tashqari, bu sayt orqali, ashulalar ustida ko’plab boshqa amallar ham bajarish mumkin.

☝️Bir necha ashulalarni, musiqasini ovozdan ajratib ko’rdim, muammo bo’lgani yo’q. Saytning yozishicha, bu jarayonni bajarish uchun sun’iy intellektdan foydalanar ekan.

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x