8 yoshdan oshgan bir qancha aholi qatlami vakillari ommaviy emlanishi shart

8 yoshdan oshgan bir qancha aholi qatlami vakillari ommaviy emlanishi shart
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning “O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015 yil 15 martda tasdiqlangan 0239-07-sonli “Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi” sanitariya qoidalari va normalaridagi epidemiologik ko‘rsatma asosida emlash jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan qo‘shimcha kiritildi.
❗️Unga asosan:
📌 2021 yil 1 sentabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
📌1 oktabrgacha 2-doza vaksinalari;
📌1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi.
Ular quyidagilar:
▶️ aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari;
▶️ barcha turdagi savdo ob’ektlarining (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlari;
▶️ sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlari;
▶️ madaniy hamda ko‘ngilochar ob’ektlarning va dam olish maskanlarining xodimlari;
▶️ mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlari;
▶️ yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlari;
▶️ davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining xodimlari;
▶️ harbiy xizmatchilar;
▶️ umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoxobchalarining, choyxonalar, to‘yxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, shu jumladan, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar;
▶️ barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy ob’ektlarning xodimlari;
▶️ kommunal xizmat sohasi xodimlari;
▶️ aloqa va telekommunikatsiya ob’ektlarining xodimlari;
▶️ davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari;
▶️ huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x