18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlar qanday jazolanadi?

18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlar qanday jazolanadi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilingan.

Qonun bilan 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatilgan. Bu haqda «human.uz» ma’lumotiga tayanib Aniq.uz yozmoqda .
Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini aybdor bilgan holatda uni moddiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlik belgilaydigan modda qo‘shiladi.
Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslar uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum qilinadi. Shuningdek, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x