1-sinf konstitutsiya alifbosi fanidan Davlatimiz ramzlari mavzusida dars ishlanmasi

1-sinf konstitutsiya alifbosi fanidan Davlatimiz ramzlari mavzusida dars ishlanmasi
KONSTITUTSIYA ALIFBOSI
 
1-SINF
 
  1. Dars mavzusi: Davlatimiz ramzlari.
  2. Darsning maqsadlari:
  3. a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarni davlat ramzlarimiz va ularning hayotimizdagi ahamiyati bilan to’la tanishtirish;
  4. b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni avvalo ona vatanga, davlat ramzlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
  5. c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: bayroq, gerb, madhiya, konstitutsiya, humo qushi va boshq.
  1. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
—   davlatimizning qanday ramzlari borligini bilish;
—   bayroq haqida bilish;
—   gerb haqida bilish;
—   madhiya haqida bilish.
Ko’nikma va malakalar:
—   bayroq qachon qabul qilinganini aytib berish;
—   gerb qachon qabul qilinganini aytib berish;
—   madhiyamiz haqida ma’lumotga ega bo’lish;
—   davlat ramzlarining hayotimizdagi ahamiyati haqida gapirish.
  1. Darsning metodlari: aqliy hujum, “ Buzuq telefon” .
  2. Dars shakli: suhbat, ma’ruza.
VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: bayroq, gerbning rasmlari, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshq.
  1. Darsning borishi:
  2. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash va yangiliklar haqida suhbat.
  3. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: “O’zbekiston – mening vatanim”.
Takrorlash yuzasidan savollar:
  1. Konstitutsiyamizga binoan vatanimizning nomi nima deb ataladi?
  2. Vatanimiz qachon mustaqillikka erishgan?
  3. Vatan haqida she’r aytib bering.
X.Yangi mavzu bayoni:
Dars O’zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash bilan boshlanadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, bizga ma’lumki, ona vatanimiz, O’zbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillika erishdi. Shu kundan boshlab mardona “Mustaqillik” so’zi tilimizga ko’chdi. Va bizning kelajagi buyuk davlatimiz o’z ramzlariga, o’z davlat tiliga ega bo’ldi.
Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov bu haqida to’xtalib shunday degan: “Milliy timsollarimiz va ramzlarning har biri milliy g’ururimizni yuksaltirishga xizmat qiladi. Ularning har biri katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasidir”.
Bas shunday ekan biz davlat ramzlarimiz bilan faxrlanmog’imiz, ularga hurmat bilan munosabatda bo’lmog’imiz kerak.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyaga ega, deb belgilab qo’yilgan.
  1. O’qituvchi o’quvchilarga davlat ramzlarimiz to’g’risidagi ma’lumotlarni aytib beradi.
  2. O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilga VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan.
Bayro’g’imiz va unda aks etgan ramzlar qadimiy tarix bilan bog’liq bo’lgan milliy, madaniy an’analarni o’zida aks ettirgandir.
Bayroqda aks etgan moviy rang musaffo osmon va obihayot ramzidir.
Bayrog’imizdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u nurafshon kun va koinot yoritgichlari bilan uyg’unlashib ketgan – poklik, beg’uborlik, orzular nurafshonligi va go’zallikka intilish timsolidir.
Yashil rang esa tabiatning yangilanish, yasharish ramzi hisoblanadi.
Bayroqdagi qizil chiziqlar – tomirlarimizda jo’shib oqayotgan jonbahsh irmoqlardir.
Yarim oy tasviri bizning tarixiy an’ana – yu milliy qadriyatlarimiz bilan bog’liqdir.
Bayrog’imizda 12 yulduzning aks etishi o’z ramziy ma’nosiga egadir. Bu birinchidan quyosh yilnomamizga dahldorligini bildirsa, ikkinchidan bizning ilm – ma’rifatda dunyoga yuz tutgan daholarga beshik bo’lgan buyuk davlatimizda “Nujum ilmi” taraqqiy etganligi, bunda Mirzo Ulug’bek, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug’ allomalarimizning butun dunyo tan olgan ulkan kashfiyotlari bilan ham izohlanadi.
O’qituvchi:  Bu bayrog’imiz to’g’risidagi ma’lumotlar edi. Endi gerbimizning qisqacha tafsilotiga to’xtalib o’taman.
Gerb so’zi aslida nemis tilidagi “gerbo” so’zidan olingan bo’lib, davlat, hudud, nasldan naslga meros bo’lib qoladigan mulk belgisini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyulda bo’lib o’tgan X sessiyasida tasdiqlangan.
Gullarga burkangan go’zal vodiy uzra nur sochayotgan quyosh aks etgan gerbimizning o’ng tomonida pishib yetilgan risq-ro’zimiz bo’lmish bug’doy boshoqlari, so’l tomonida esa milliy boyligimiz hisoblanmish lo’ppi ochilgan paxta chanoqlari tasvirlangan chiroyli chambarni ko’rish mumkin. Uning yuqori qismida jipsligimiz ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz, sakkiz qirra ichida esa yarim oy va yulduz tasvirini ko’ramiz.
Gerbimiz markazida oliyjanoblik va sahovat, himmat va fidoyilik, tinchlik timsoli hisoblanmish afsonaviy humo qushi qanotlarini keng yozib turibdi.
Pastki qismidagi davlatimiz bayrog’ini ifodalovchi uch rangdan iborat chambarga “ O’zbekiston” so’zi yozib qo’yilgan.
Shundan so’ng o’qituvchi madhiyamiz haqida ham qisqacha to’xtalib o’tadi va uning hayotimizdagi ahamiyati haqida o’quvchilarga so’zlab beradi.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar. “Buzuq telefon” metodi.
Ushbu metod o’quvchilarga xotirani charxlashga, o’z mustaqi fikriga bo’lgan ishonch, o’z ishiga mas’uliyat singari tushunchalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Metodni o’qituvchi turli xil fanlardan vaziyatga moslab o’tkazishi mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilar jamoasini 2 guruhga ajratadi. Ular bajaradigan ishlar esa quyidagilardan iborat:
—   guruhlar davlat ramzlari bo’yicha eshitgan ma’lumotlarini o’zaro takrorlaydilar;
—   ma’lumotlar bir joyga yig’ilgandan so’ng  guruh sardori raqib guruhga ifodali qilib so’zlab beradi. Masalan: O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i haqida;
—   qolgan o’quvchilar esa fikrlarni to’ldiradilar;
—   raqib guruh esa eshitgan ma’lumotlarini iloji boricha xato qilmasdan qaytadan so’zlab berishi kerak bo’ladi;
—   ikkinchi guruh tomonidan ushbu faoliyat qaytadan takrorlanadi. Masalan: O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi haqida;
—   guruhlar faoliyati o’qituvchi tomonidan xolis baholanadi;
—   xatosiz va tez so’zlab bergan jamoa g’olib hisoblanadi.
Uyga vazifa : Davlat ramzlarining rasmini ishlash.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x