👨⚕️QORA ZIRA — JIGARGA SHIFO.
🌱Foydali xususiyatlari:
🌱Ishtahani ochadi;
🌱me’da va jigar kasalliklari;
🌱kamqonlik;
🌱bachadon xastaliklari;
🌱jarohat, yara va shishlarni davolashda naf beradi.
🌱❌Nojo‘ya ta’siri: o‘n ikki barmoq ichak yarasi, gastritda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ortiqcha va noto‘g‘ri qabul qilinsa, yuz rangini sarg‘aytirib, tanani ozdiradi.
Kimlarga mumkin emas?
Homilador va emizikli ayollarga ziradan tayyorlangan malhamlar har doim ham tavsiya etilavermaydi
Narxi: poytaxt bozorlarida 100 gr. ziraning o‘rtacha narxi 2.000 so‘m atrofid
🌱🌷Retsept:
🌱1. Organizmda to‘planib qolgan yellarni ketkazish, ovqat hazmini yaxshilashda ziradan damlama tayyorlab ichiladi.
🌱Buning uchun 100 gr. qora ziraga 1 litr suv qo‘shib, 30 daqiqa qaynatiladi.
Damlamani bir kunda 3 mahal 50 gr.dan qabul qilish tavsiya etiladi.
🌱2. Ko‘k yoki qora choy damlamasiga yarim choy qoshiq zira urug‘ini qo‘shib,
10 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi.
🌱Damlamani ovqatlanishdan oldin yoki keyin choy kabi ichiladi.
🌱U qon bosimi oshganda foydali hisoblanadi.
👨⚕️Immunitetni mustahkamlash, buyrak va o‘t pufagida toshlarni maydalash uchun:
0,5 stakan maydalangan qora zira, 1 stakan asal, 0,5 stakan maydalangan zanjabil ildizi (yoki sarimsoq)ni aralashtirib, ertalab nahorga 1 choy qoshiqdan ichiladi.
👨⚕️Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida:
3 osh qoshiq maydalangan qora zira, 2 osh qoshiq maydalangan qizilmiya ildizi, 1 osh qoshiq maydalangan arpabodiyon (anis) urug‘ini aralashtirib, choy kabi damlang.
🌱Ta’bga ko‘ra asal qo‘shish mumkin.Uyqusizlik, nevroz, stressda: 1 choy qoshiq maydalangan qora zira urug‘iga bir stakan issiq sut quyib, 30 daqiqa dam yediring. Uyquga yotishdan oldin qultumlab ichasiz.