XOLID RASUL

XOLID RASUL (asl nomi Rasulov Xolid) (1911.20.6 — Toshkent — 1991.11.3) — adabiyotshunos, shoir va dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), filol. fanlari dri (1972). Toshkentdagi ishchilar f-tini (1932), Madaniy qurilish intini (1934), Til va adabiyot inti aspiranturasini (1937) tugatgan. Respublika gaz. va jur. larida ishlagan (1931 — 49). Ped. fanlari i. t. inti ilmiy xodimi (194143; 194750), Adabiyot muzeyi ilmiy xodimi (1950—54) va direktori (1955—57), Til va adabiyot inti sektor mudiri (1957— 67). 1967-y. dan Adabiyot muzeyi, 1978-y. dan Oʻzbekiston FA Qoʻlyozmalar inti boʻlim mudiri. Ilk sheʼriy toʻgshami — «Qalb qoʻshigʻi» (1931). «Rayhon» (1938) va «Taras» (1939) dostonlari muallifi. Sheʼrlarida tabiat manzaralari, inson ichki kechinmalari, oʻzbek xalqining fidokorona mehnati ulugʻlangan. Bastakor I. Xamroyev bilan hamkorlikda «Shoirning orzusi» musiqali dramasini yaratgan (1962).

Xolid Rasul Furqat ijodining ilk tadqiqotchisi hisoblanadi: «Zokirjon Furqat ijodi» (1954), «Furqat» monografiyalari, Furqat asarlari 2 jildligi (1991; nashrga tayyorlovchi va xattot) va b. Folklorshunos sifatida «Oʻzbek xalq ertaklari» (1960, 2 j. li), «Balogardon» va «Murodxon» dostonlarini (1965) nashr ettirgan. «Kattalar alifbosi» (195258; 1964), «Vatan adabiyoti» (1950—55), «Oʻzbek adabiyoti tarixi» (1962) darsliklarining mualliflaridan. «Qozoq sheʼriyati antologiyasi»ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

As: Hayot ilhomlari, T., 1949; Baxtnashʼasi, T., 1960; Inson madhi, T., 1968; Oʻzbek epik sheʼriyatida xalqchillik (18—19-a. ning 1-yarmi), T., 1973.

Ad.:Imomxoʻjayev T., Xolid Rasul ijodi, T., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x