ULAN-UDE

ULAN-UDE (1934-y. gacha — Verxneudinsk) — RF Buryatiya Respublikasi gyuytaxti. Selenga daryosi oʻng sohilida. TransSibir t. y. magistralidagi muhim t. y. chorrahasi. Selenga daryosidagi pristan. Aholisi 359,4 ming kishi (2002). 1666-y. da kazaklarning Udinskoye qishlov joyi sifatida vujudga kelgan. 1689-y. dan Verxneudinsk qalʼasi, uning atrofida shahar shakllandi. 17-a. da Zabaykalye hududining maʼmuriy va harbiy markazi. 1783-y. dan Irkutsk noibligining, keyinchalik Irkutsk gubernyasining uyezd shahri; 1851-y. dan Zabaykalye viloyati tarkibida. Yirik savdo markazi. 1899-y. da shaxar orqali Sibir magistralining oʻtishi iqtisodiy rivojlanishga olib keldi. 1905-y. gacha surgun joyi edi. 1920-y. apr. —okt. da Uzoq Sharq Respublikasining poytaxti. 1921 —22 y. larda Uzok, Sharq Respublikasining Buryatlar muxtor viloyati markazi. 1923-y. dan BuryatMongoliya muxtor SSR (1958-y. dan Buryatiya muxtor SSR) poytaxti. 1934-y. 27-iyulda Ulan-Ude (Qizil Uda) deb ataldi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya, priborsozlik, kemasozlik, «Teplopribor» va b. z-dlar), yengil, oziqovqat, yogʻochsozlik korxonalari, shisha z-di bor. Rosssya FA Sibir boʻlimi filiali, 4 oliy oʻquv yurti, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatmoqda. Muzeylardan tarixiy, etnografiya, badiiy buryat toshi, Sharq sanʼati, tabiat va b. muzeylar mavjud. Filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Odigitriyev sobori (18-a.), karvonsaroy (19-a. boshlari) va b. saklangan. Aeroport bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x