“Suv bemaza soʻzlarni aytuvchi tildan boshqa hamma narsani yuvib, tozalaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Qanchadan qancha xoʻroz “Men qichqirganim sababli Quyosh chiqadi” deb ishonadi va qanchadan qancha ahmoq “Mensiz hayot davom etmaydi” deb oʻylaydi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Johil kimsaning tortishuvda yengilishi amri maholdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Baʼzi odamlardan hayot har qancha olsa ham, ular boy boʻlib qolaveradilar.

Baʼzi odamlar hayotdan har qancha olsalar ham, kambagʻal boʻlib qolaveradilar.

Shams Tabriziy rahimahulloh

*****

Boʻsh idishlar jarangdor ovoz chiqaradi. Ichi toʻla idishlar unday emas. Odamlar ham shunday. Faqat aqli boʻsh kishilargina shovqin-suron, baqir-chaqir qilib yurishadi. Sen ular bilan tortishib, vaqtingni zoye qilma.

“Hikmat durdonalari”

*****

Suv bemaza soʻzlarni aytuvchi tildan boshqa hamma narsani yuvib, tozalaydi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Vatanlar urush sababli oʻlmaydi. Balki ular oʻz farzandlarining xiyonati sababli oʻladi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Agar meni yomon koʻrmoqchi boʻlsang, bu sening ishing. Bu borada senga hech narsa deya olmayman. Lekin oʻzingni meni yaxshi koʻradigandek tutma.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/suv-bemaza-sozlarni-aytuvchi-tildan-boshqa-hamma-narsani-yuvib-tozalaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x