Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi

1973-yili hukumat qaroriga binoan, Jizzax viloyati tashkil etildi. Shu yilning oʻzida viloyat kutubxonasini tashkil qilish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi, Jizzax shahridagi 2-kutubxona negizida tashkil qilingan viloyat kutubxonasi 1974-yil 2-sentabrda ochildi. Kutubxonaning dastlabki kitob fondi 12 ming 200 nusxadan iborat boʻlgan. Shu yili kutubxonada 4 ta boʻlim faoliyat koʻrsatgan.

Viloyat kutubxonasida 1976-yildan oʻlkashunoslikka oid “Jizzax va jizzaxliklar”, “Jizzax viloyati” kartotekalari, alifboli va tizimli kataloglar yuritiladi.

1990-yil oʻsmirlar bilan ishlash boʻlimi tashkil etildi. Bu boʻlim 14 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan kitobxonlarga xizmat koʻrsata boshladi.

2001-yili viloyat kutubxonasi qoshida Jizzax viloyati mehnatkashlarining fuqaro sifatidagi faolligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida axborot-resurs markazi ochildi. Markaz Jizzax shahri va viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlariga axborot, maslahat va texnik yordamini koʻrsata boshladi.

2005-yili viloyat hokimligi tomonidan “Mehr-muruvvat yili” munosabati bilan kutubxona binosi taʼmirlanib, kutubxona texnika vositalari, zamonaviy kompyuterlar, skaner, kseroks, faks bilan taʼminlandi. Oʻquv zallari isitish-sovitish tizimi bilan yangilandi, “IRBIS” dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi, xodimlarni maxsus dasturda ishlashga oʻqitish ishlari boshlandi.

Shu yili viloyat kutubxonasi huquqiy-axborot markazi tashkil etish loyihasini amalga oshirdi. 2003-yili kutubxona qoshidagi axborot-resurs markaziga Jizzax shahri mahallalarida seminarlar tashkil etish va Internet tarmogʻi bilan aloqa bogʻlab turish uchun 12036 AQSH dollari miqdorida ikkinchi grant berildi.

Kutubxona 2006-yili Jizzax viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirildi.

 

Zuhra Berdiyeva

 

Kutubxonashunoslik” (Kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent, “Ilm ziyo”, 2014) darsligidan.

https://saviya.uz/hayot/nigoh/sharof-rashidov-nomidagi-jizzax-viloyat-axborot-kutubxona-markazi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x