SAVOB

SAVOB (arab. — yaxshilik, ezgulik, ajr) — diniy eʼtiqodga koʻra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat boʻlib, bu islomda Savob va gunoh deb ataladi. Islomga koʻra, diniy koʻrsatmalarni bajarish, inson manfaati yoʻlida faoliyat koʻrsatish kabilar Savob hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai aʼmoli)ga farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxiratda insonlarning Savob va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda taʼkidlanishicha, insonning har qancha Savob ishlari jannatga kirishga yetarli boʻla olmaydi. Unga kirish Alloxning fazli, marhamati va ehsoni hisoblanadi. Alloh koʻp Savob li ishlar qilgan bandalarning jannatdagi darajalarini baland qiladi. Savob soʻzi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x