PUGACHYOV QOʻZGʻOLONI (1773-75) rossiyada hokimiyatga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Uralboʻyi, Uralorti, Oʻrta va Quyi Volgaboʻyiga tarqalgan. Unga Ye. I. Pugachyov rahbarlik qilgan. Yoyiq kazaklari, z-d ishchilari, krepostnoy dehqonlar, Volgaboʻyi aholisi, Salavat Yulayev, Kinzya Arslonov boshchiligidagi boshqirdlar dehqonlar urushining harakatlantiruvchi kuchlari boʻlgan. 1773-y. sent. da qoʻzgʻolonchilar Ilesk va b. istehkom shaharchalarini egallaganlar. 1773-y. okt. da Pugachyov 2500 kishilik otryadi bilan Orenburg qalʼasini qamal qilgan. Qoʻzgʻolonchilarning soni dek. oyida 30 ming kishiga yetib, ularning qoʻlida 86 toʻp boʻlgan. Qoʻzgʻolon noyab.-dek. oylarida katta hududga yoyilgan. 1774-y. fev. da Chelyabinsk egallangan. Qoʻzgʻolonchilarga qarshi Yekaterina II hukumati muntazam qoʻshinlarini yuborgan. Pugachyov Orenburg qamalini boʻshatish, Chelyabinsk va Kurganni tashlab chiqish, qoʻzgʻolon avj olgan Ural z-dlariga ketishga majbur boʻlgan. 1774-y. iyulida qoʻzgʻolonchilar Qozon uchun boʻlgan jangda yengilganlar. Pugachyov dehqonlar harakati keng yoyilgan Volganing oʻng sohiliga oʻtib ketgan. Uning keng yoyilishiga Pugachyovning dehqonlarga yerlarni boʻlib berish, krepostnoy huquqni tugatish, dvoryan va podsho amaldorlarini yoʻqotishga daʼvat etuvchi manifestlari yordam bergan. Dehqonlar qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchragan. Pugachyov tutib olinib, 1775-y. Moskvada qatl etilgan. Minglab qoʻzgʻolonchilar shafqatsiz jazolangan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии