PSIXOPATIYA

PSIXOPATIYA (psixo… va yun. pathos — azob, dard, kasallik) , patologik xarakter — shaxsning konstitutsional va genetik sabablarga alokador norasoligi. Irsiy, tugʻma va qayotda orttirilgan boʻladi. I. da bemorning aklidroki saqlanib qolsada, feʼl-atvo-ri, hissiyoti, xulqining chuqur va do-imiy tarzda buzilishi kuzatiladi. Psixopatiya alohida patologik holat ekanligi va uning asosiy belgilarini rus psixi-atri P. B. Gannushkin asoslab bergan. Psixopatiyada shaxs xususiyatlarining noraso boʻlishi yoki buzilishi (anomaliyasi) ularning jamiyatga moslashuvida qi-yinchilik tugʻdiradi va baʼzan toʻsqinlik ham qiladi. Bu holat shaxsning hayoti davomida ayrim oʻzgarishlarga uchrasada, umuman olganda doimiy xa-rakterga ega boʻladi. Psixopatiyani tavsiflashda 9 – va 10-Xalqaro kasalliklar tavsifi qoʻllanadi. Bunga koʻra, Psixopatiya xilma-xil tarzda namoyon boʻladi. Psixopatiyaning garano-yel, affektiv, astenik, hissiy loqayd, beqaror, mozaik hamda jinsiy buzuqlik turlari tafovut qilinadi.

Psixopatiya asosida konstitutsiyaviy moyillik, boshqacha aytganda, irsiy qonu-niyatlar yotadi. Bundan tashqari, homilador ayolning boshidan kechirgan bosh miya kasalliklari yoki shikastlanishlari oqibatida ham kelib chiqadi. Ja-miyatning taʼsiri, oiladagi notoʻgʻri tarbiya (bolani juda erkalatib yuborish yoki nazoratsiz qoldirish va b.) ham Psixopatiyani vujudga keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x