PROTESTANTIZM

PROTESTANTIZM (lot. protestans norozi boʻlish, kelishmaslik) — xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birgalikda). Reformatsiya davri (16-a.)da katolitsizmdan ajralib chiqqan. Protestantizm asoschilari — M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. Protestantizm cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, metodistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, koʻpgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. Protestantizm ruxrniylarning inson bilan xudo oʻrtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Protestantizmda ruxrniylar bilan oddiy dindorlar farklanmaydi. Murakkab cherkov iyerarxiyasi yoʻq, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar boʻlmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantizm, asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiqboʻyi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Protestantlarning umumiy soni 750 mln. ga yaqin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x