PRAVOSLAVIE

PRAVOSLAVIE (rus.) — xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va protestantizm bilan bir qatorda). Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajralgach (395-y.), paydo buldi. Pravoslaviye ilohiyoti asoslari 9 — 11-a. larda Vizantiyada shakllangan. Xristian cherkovi katolik va pravoslaviye cherkoviga bulingandan keyin 1054-y. mustaqil cherkov sifatida uzil-kesil qaror topgan. Bu boʻlinishga gʻar-biy cherkovning papani barcha xristi-anlarning oliy boshligʻi deb hisoblashi, muqaddas ruhning ota-xudo va oʻgʻil-xudodan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimoti sabab boʻldi. Pravoslaviye taʼlimotiga «muqaddas uchlik» — xudoning ayni bir vaqtda ham yagona, ham uch xil koʻrinish (ota-xudo, oʻgʻil-xudo va muqaddas ruh)da namoyon boʻlishiga eʼti-qod qilish; insonni tugʻma gunohkor deb bilish; Isoning inson qiyofasiga ki-rib, uz ummatlarini gunoxdan xalos etish uchun oʻzini qurbon qilganini tan olish; oxiratga va unda qayta tirilishga ishonish va b. kiradi. Pravoslaviye bir necha avtokefal (mustaqil) cherkovlardan tashkil topgan. Eʼtiqod asosini Bibliya va Mukaddas rivoyatlar (birinchi 7 ta Ja-hon sobori qarorlari va 2—8-a. lardagi cherkov otalarining asarlari) tashkil kiladi. Pravoslaviye MDH mamlakatlarining baʼzilarida, Gretsiya, Ruminiya, Bolgariya, Serbiya, Kiprda, kichik jamoalari Su-riya, Livan, Isroil, MAP va b. mamla-katlarda tarqalgan. Pravoslavlarning umumiy soni 250 mln. ga yaqin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x