POLVONTOSH

POLVONTOSHAndijon viloyati Marhamat tuman idagi shaharcha (1947-y. dan). Adirlar oʻrtasida joylashgan. Viloyat markazidan 30 km, tuman mar-kazidan 17 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Asaka (15 km). Aholisi 6,7 ming kishidan ziyod (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qirgʻiz, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Polvontosh 1940-y. da neft koni ochilishi munosabati b-n konchilar shaharchasi sifa-tida vujudga kelgan. Polvontosh atrofidan neft va gaz qazib olinadi. Poyabzal f-kasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tibbiy sanitariya qismi, Polvontosh sanatoriysi (PO oʻrinli) mavjud. Polvontosh — Asaka, Polvontosh — Marhamat yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x