PIRMUHAMMAD

PIRMUHAMMAD Mirzo (1376 — 1407.22.2) — temuriy shahzoda. Amir Temurning nabirasi, Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli. Otasining oʻli-midan 40 kun oʻtgach, Baxt Mulk Ogʻo begimdan tugʻilgan. 1392-y. da Amir Te-mur Gʻazna, Kobul, Zobuliston, Qan-dahor viloyati va Sind, daryosigacha boʻlgan yerlarni Pirmuhammad tasarrufiga topshirgan edi. U bobosi Amir Temurning bir necha harbiy yurishlarida, jumladan, Hindiston fathida qatnashgan. Amir Temur vafoti oldidan Pirmuhammadni oʻziga valiahd deb eʼlon qilgan. Biroq Pirmuhammadni boshqa temuriy shahzodalar va hatto Oʻtrorda turgan qoʻshin boshliqlari (amir Shoh Malik va Shayx Nuriddin va b.) ham tan olmaganlar. Har bir viloyat hokimi Sohibqiron vafotidan soʻng oʻz nomidan tanga zarb etib, no-mini xutbaga qoʻshib aytadigan boʻlgan. Temuriylar taxtiga Xalil Sulton oʻtirgan. U P. ga qarshi 1405-y. mayda Sulton Husayn boshchiligida qoʻshin (30000 kishi) tortgan va Balxni egallagan. Sulton Husayn Xalil Sultonga qarshi isyon koʻtarib Samarqandga yurish qilgan. Xalil Sulton uni 6-iyulda Chekdolik (Shahrisabz jan. da)da tormor keltirgan va uni taʼqib etib Balxni egallagan. Sulton Husayn Shopur-gon va Andxud hokimi Sulaymonshoh (Amir Temurning jiyani) huzuridan panohtopgan. P. Sulaymonshohdan Sulton Husaynni berishini qattiq talab qilgan, rad javobi olgach, unga qarshi 3000 otliqsan iborat qoʻshin joʻnatgan. Sulaymonshoh va Sulton Husayn Hirot-ga, Shohrux huzuriga qochib borishgan. Shohrux Pirmuhammadning talabini toʻgʻri deb topgan, Sulton Husayn qamoqqa olinib, qatl etilgan va uning bosh terisi ichiga somon toʻlgʻazilib Pirmuhammadga joʻnatilgan. P. Sulaymonshoh ustidan qozongan gʻala-basidan keyin Balxni olgan va Movarounnahrga qarshi birgalikda kurashish uchun Shohrux bilan muzokaralar olib borgan. Shohrux undan yurishni kechiktirishni soʻragan, biroq Pirmuhammad oʻjarlik qilib, Qarshi tomon harakat qila boshlagan. 1406-y. 20 fev. da Qarshi yaqinida Xalil Sulton bilan jang qilib magʻlubiyatga uchragan. P. Balxga qochgan va bir yildan soʻng qotil Pir Ali Toz tomonidan oʻldirilgan. Shohrux Pirmuhammadni oʻchini olish maqsadida qoʻshin tortib Balxni egallab olgan va 1370-y. Amir Temur tomonidan buzib tashlangan shahar qoʻrgʻonini qayta tiklagan.

Manba: Abdurazzoq Samarqandiy , Matlai saʼdayn va majmai baxrayn, T., 1969.

Ad.: Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x