PERIKARDIT

PERIKARDIT — perdikardning yalligʻlanishi. Odamda (hamma yoshdagi kishilarda) oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Perikardit koʻpincha revmatizm, shuningdek, oʻpkaning krupoz yalligʻlanishi, gripp, angina, sepsis kabi yuqumli kasalliklar tufayli roʻy beradi (infeksion Perikardit). Miokard infarkti, uremiya, koʻkrak jarohatlanganda ham Perikardit paydo boʻlishi mumkin (noinfeksion Perikardit). Surunkali Perikardit sil kasalligi oqibatida kelib chiqadi, koʻpincha plevra va qorin pardasining bir vaqtda yalliglanishi bilan oʻtadi. Yurak xaltasida suyuklik bor-yoʻqligiga qarab Perikarditning quruq, ekssudatli va yopishqoq (obliterativ) shakllari farqqilinadi. Quruq Perikarditda perikardda ishqalanishga oʻxshash tovush eshitiladi. Gavda t-rasi bir oz koʻtarilib, yurakdagi ogʻriq uning atrofiga va orqaga tarqaladi. Bemor yoʻtalganda, nafas olganda ogʻriqzoʻrayadi. Ekssudativ Perikardit serozli, yiringli, gemorragik boʻlishi mumkin. Bunda bemor oʻng qovurgʻasi ostida kuchli og-riq sezadi, nafasi qisilib, entikadi, jigari shishadi. Koʻpincha bemorning yuzi kerkib, boʻyin tomirlari kengayadi. Yopishqoq Perikarditda, aksariyat, peri-karddagi suyuklik soʻrilgach, perikardning ichki va tashqi varaqlari bir-biriga yopishib qoladi. Bunda yurak orqali qon aylanishi buziladi.

Davosi: P. ga sabab boʻlgan asosiy kasallikka qarshi dorilar beriladi. Yiringli, ekssudatli Perikarditda antibiotiklar buyuriladi. Perikardsa suyuklik koʻp boʻlsa, igna sanchib tortib olinadi. Yopishqoq Perikardit operatsiya qilib davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x