PATRASHKIN Aleksandr Timofeyevich

PATRASHKIN Aleksandr Timofeyevich (1895.15.3, Sizran, Rossiya – 1975.14.7, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Qozon rassomlik bilim yurtini tugatgan (1915). Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog (1935— 40), Samarqand yosh tomoshabinlar teatrida bosh rassom (1941—45), Samarqand rus drama teatrida (1948—54), H. Olimjon no-midagi oʻzbek davlat musiqali drama teatrida (1955—68) rassom, bosh rassom. Patrashkin mumtoz, zamonaviy hamda milliy asarlarni bezaщda realistik anʼanalarga tayangan: «Otello» (V. Shekspir), «Sarv qomat dilbarim» (Ch. Aytmatov), «Gang daryosining qizi» (R. Tagor), «Ogʻriq tishlar» (A. Qahhor), «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon» (K. Yashin; T. Jalilov), «Dilerom» (K. Yashin; M. Ashrafiy), «Aziz va Sanam» (A. Bobojon; K. Ota-niyozov), «Maysaraning ishi» (Hamza; T. Jalilov) va b.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x