PANCHATANTRA

PANCHATANTRA (sanskritcha «Besh ki-tob») — sanskrit yozma adabiyoti yodgorligi. 3—4-a. larda yaratilgan. Nisbatan soʻnggi variantlari saqlanib qolgan. Donishmand Vishnusharman podshohning johil oʻgʻillarini tarbiyalash uchun yaratgan, deb hisoblanadi. Panchatantra hayvonlar haqidagi masal va hikoyatlardan iborat 5 kitobni oʻz ichiga olgan, har bir kitob hikoya ichida hikoya usulida tu-zilgan. Asarda hayvonlar obrazida inson qiyofalari namoyon boʻladi. Panchatantrada hind jamiyati hayoti istiora yoʻli bilan tasvirlanadi, nohaqlik fosh etiladi, insoniylik, yaxshi xulqlar targʻib qilinadi. Asar diniy tusdan xoli va shunisi bilan boshqa qad. hind yodgorliklaridan farq qiladi.

Panchatantra keng tarqalgan boʻlib, jahon adabiyoti rivojiga katta taʼsir kursatgan. 6-a. oʻrtalarida pahlaviy, undan arab tiliga tarjima qilingan; arab tiliga qilingan tarjimasi «Kalila va Dimna» nomi bilan shuhrat topgan. U 12-a. da fors tiliga, 13-a. da esa oʻzbekchaga oʻgirilgan. Panchatantraning 60 dan ziyod tilda 200 dan ortiq tarjimalari maʼlum.

Nashrlar: Panchatantra, per. s sanskrita i prim. A. Ya. Sыrkina, M, 1958; Panchatantra (I. Gʻafurov tarjimasi), T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x