PALINGENEZ

PALINGENEZ (yun. palin — yana, qay-ta va…genez) — organizm embriogene-zida takrorlanadigan mazkur tur filogeneziga moye keladigan jarayonlar. «Palingenez» terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) biogenetik qonun tamoyillarida taklif etgan. Palingenezga misol qilib (Gekkel boʻyicha) yuksak umurtqalilar embrionida ular ajdodlarini voyaga yetgan davri uchun xos boʻlgan, hoz. tuban xordalilar va tuban umurtqalilarda ham mavjud boʻlgan ekto – va entoderma, nerv nayi, xorda, jabra yoylari, jabra yoriqlari, ayirish organlarini keltirish mumkin. Palingenez filogenetik oʻzgarishlarning yoʻnalishi toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi. Gekkel koʻrsatishicha, senogenez (organizmning embrion yoki lichinka rivojlanadigan maxsus muhitga moslanishi) Palingenez izchilligini buzadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x