Oʻtkir Hoshimov 1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Doʻmbiravot mavzeida tugʻildi. Oʻ. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida oʻqish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi. 1959 yildan 1963 yilgacha “Temiryoʻlchi”, “Qizil Oʻzbekiston”, “Transportniy rabochiy” gazetalarida xat tashuvchi, mussaxhih, tarjimon boʻlib ishladi. Soʻng “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim (1963–1966), “Toshkent oqshomi” gazetasida boʻlim mudiri (1966–1982), Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1982–1985) boʻldi. 1985–1995 yillarda “Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrirlik qildi. 1995 yildan 2005 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi lavozimida ishladi. 2005 yildan “Teatr“ jurnalida bosh muharrir boʻlib ishladi.
Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qoʻshgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi.
Shu paytgacha yozuvchining “Poʻlat chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den motiʼlka”, (1971), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir boʻldi” (1975), “Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.
Shuningdek, Stefan Sveyg, E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London O. Berggols, V. Shukshin, M. Karim va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. “Xazon boʻlgan bahor”, “Birovning tashvishi (Inson sadoqati)”, “Toʻylar muborak”, “Baland dorga osilma”, “Qatagʻon” sahna asarlari muallifi.
Ilk kitobi 1962 yilda “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplamidir. Birinchi yirik nasriy asari “Choʻl havosi”, “Odamlar nima derkin” (1965),”Shamol esaveradi” (1966), “Qalbingga quloq sol” (1973) qissalari eʼlon qilingan. “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning soʻnggi qurboni”, “Oʻzbek ishi” kabi novellalari oʻzbek hikoyachiligida muhim hodisa boʻldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi oʻziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli maʼnaviy – axloqiy masalalar bilan birga oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtargan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida Oʻ. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etish yoʻlidan borgan.
Oʻ. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Hazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “Toʻylar muborak” (1979), “Qatagʻon” kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy – maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.
1995–2004 yillari 1-, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1986 yili Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti loyiq topilib, 1996 yili “Mehnat shuhrati”, 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan.
Adib 2013 yil 24 may kuni 72 yoshida vafot etdi.
HAYOTI VA IJODINING MUHIM SANALARI
1941 yil 5 avgust. Toshkent viloyati Zangiota tumani Doʻmbirabot mavzeida tugʻildi.
1958 yil. Oʻrta maktabni bitirdi.
1964 yil. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika boʻlimini bitirdi. Avval universitetning sirtqi boʻlimida, soʻng kunduzgi boʻlimda oʻqidi va turli gazeta tahririyatlarida ishladi.
Mehnat faoliyati
1959–1960 y. – “Temiryoʻlchi” gazetasida kuryer
1960–1960 y. – “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida kuryer
1960–1962 y. – “Transportny rabochiy” gazetasida tarjimon
1963–1963 y. – “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida adabiy xodim
1963–1966 y. – “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim
1966–1982 y. – “Toshkent oqshomi” gazetasida boʻlim mudiri
1982–1985 y. – Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharririning oʻrinbosari
1985–1995 y. – “Sharq Yulduzi” jurnalining bosh muharriri
1995–2000 y. – Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi
2000–2005y. – Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi
2005 yildan – “Teatr” jurnali bosh muharriri
***
1962 yil
“Poʻlat chavandoz” nomli birinchi kitobi nashr etildi.
1963 yil 17 avgust
“Toshkent haqiqati” gazetasida “Toʻrt maktub” degan birinchi hikoyasi eʼlon qilindi.
Birinchi yirik asari – “Choʻl havosi” qissasi “Sharq Yulduzi” jurnalining 10 sonida bosildi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor adibning birinchi asari haqida xat yozib, oq yoʻl tiladi.
1965 yil
Birinchi qissa va hikoyalar toʻplami – “Gunafsha” kitobi nashr etildi. “Yosh gvardiya” nashriyoti
“Odamlar nima derkin?” asari boʻyicha birinchi telespektakl namoyish
qilindi.
1967 yil
Ittifoq Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
1968 yil
“Toshkent oqshomi” gazetasida bosilgan, poytaxtdagi atamalarning 1 deyarli hammasi yevropacha boʻlib ketgani tanqid ostiga olingan “Nom ham xusn belgisi” maqolasi uchun birinchi marta hayfsan oldi.
1969 yil.
“Baxor qaytmaydi”. – Qissa. “Sharq yulduzi” № 12.
1970 yil
Bahor kaytmaydi. Qissa. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. Turli tillarda yana oʻn martadan ortiq nashr qilindi.
1973 yil
Ozod Sharafiddinov boshchiligidagi bir guruh ijodkor va olimlar – Oʻ. Hoshimov, A. Rasulov, B. Qosimov Qirgʻizistonning Oʻsh shahridan Tojikistonning Togʻli Badaxshon avtonom viloyati – Xorugʻ shahriga safar qildilar. Dengiz satxidan deyarli 5 ming metr balandlikdagi qaltis togʻ yoʻllaridan oʻtuvchi bu safar taassurotlari yozuvchining sayohatnomalari, badiiy asarlarida tasvirlandi. 1976 yil “Bahor qaytmaydi” va “Qalbingga quloq” qissalari uchun Oʻzbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlandi.
1974 yil
“Baxor qaytmaydi” Videofilm. Yillar davomida “Zangori ekran”da 30 marttaga yaqin namoyish qilindi.
1977 yil
Nur borki, soya bor. Roman. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. Turli tillarda yana oʻn martaga yaqin nashr qilindi.
1978 yil
Inson sadoqati. Psixologik telespektakl. Yillar davomida “zangori ekran”da 20 martaga yaqin namoyish qilindi.
Dunyoning ishlari. Qissa. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. Turli tillarda oʻn martadan ortiq nashr qilindi.
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Oʻqituvchilar gazetasi”, “Uchitel Uzbekistana” gazetalarida “Qalbning oppoq daftari” maqolasi bosildi. Oʻqituvchilar obroʻsini saqlash, mavqeini oshirish haqidagi maqola yuzasidan Maorif vazirligi maxsus qaror qabul qildi va u mamlakatdagi barcha maorif boshqarmalari, Pedagogika institutlari, Ilmiy-tadqiqot instititutlarida, maktablarda ishlab chiqildi hamda zarur choralar koʻrildi.
1982–1986 yillar
Oʻzbekiston televideniyesida “Bahs” koʻrsatuvini olib bordi.
1983 yil
“Dunyoning ishlari” qissasi uchun Oybek nomidagi adabiy mukofot bilan taqsirlandi.
1984 yil
Fargʻona viloyat Oʻzbekiston tumani Gʻaniobod xoʻjaligining Jaʼfarali Paygʻamov boshchiligidagi pillachilik brigadasi Oʻ. Hoshimov nomidan pilla boqib, ishlab topilgan mablagʻni Tinchlik jamgʻarmasiga oʻtkazdi.
Dunyoning ishlari. Telespektakl. Yillar davomida “zangori ekran”da 30 martaga yaqin namoyish qilindi.
Jizzah viloyati Gʻallaorol tumanidagi quruvchi Mamatqul Egamov adirda artezian qudugʻi qazib “Dunyoning ishlari” asari sharafiga “Onalar bogʻi”ni yaratdi.
Fargʻona viloyati Quva tumanida istiqomat qiluvchi Musharraf Siddiqova yozuvchini tutingan oʻgʻil qilib oldi.
1985–1989 yillar
Markaziy matbuotda Oʻzbekistonga xuruj kuchayib ketdi. “Molodoy
kommunist” (Moskva) jurnalida bosilgan “Maishiy islom” maqolasida
Oʻzbekistonda “diniy fanatizm” va erkaklar zulmiga chidolmagan 270 ayol
oʻzini oʻldirgani haqida maqola bosildi. SSSR DOSAAF nashriyotida chop
etilgan “Klub slujebnogo sobakavodstva” kitobida I. Duxnovskiy degan
itshunos itlarga laqab sifatida yigirmaga yaqin oʻzbekcha inson ismini
tavsiya qildi. Oʻ. Hoshimov oʻsha kezlari birgina Moskva shahrining oʻzida
1275 kishi joniga qasd qilganini dalillar bilan isbotlovchi, Duxnovskiy maqolasi esa xalqlar birodarligini “portlatishga” moʻljallangan “bomba” ekanini fosh qiluvchi “Doʻstlik hurmatdan boshlanadi” maqolasi bilan javob qildi. “Davlat siri”, “Mantiq qani?, “Mantiq boʻlmasa boʻldirish kerak”, “Qoʻrquv saltanati” singari problematik maqolalari eʼlon qilindi.
1986 yil
“Yuqori tashkilot”dan dahriylik – xudosizlik mavzusida “Bahs” koʻrsatuvini qilish haqidagi topshiriqni adib bajarmagach, koʻrsatuv toʻxtatib qoʻyildi.
Gdlyan va Ivanovlar guruhi Oʻzbekistonda qatagʻon uyushtirdi. Markazdan kelgan KPSS rahnamolaridan biri Toshkentda yigʻilish oʻtkazib, “oʻzbek ishi” kompaniyasi “toʻgʻri ekanini” isbotlovchi maʼruza qildi. Yigʻilishda “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri Oʻ. Hoshimov ham ishtirok etishi va partiyaning “dono siyosatini” maʼqullab nutq soʻzlashi rejalashtirilgan edi. Adib soʻzga chiqmadi va savol berishga ruxsat soʻradi. “Ruxsati oliy” boʻlgach bir masalaga tushunolmayotganini izoh qildi. “Hurmatli notiq (KPSS rahnamosi nazarda tutilmokda) oʻz maʼruzalarida bir fikrni qatʼiy qilib aytdilar. “Keyingi yillarda Oʻzbekistonda qoʻshib yozish, boqimandalik, tekinxoʻrlik avjiga chiqqan, markaziy rayonlarga paxta tolasi oʻrniga vagonlarda havo, samolyotlarda esa diplomatlar toʻla pul – pora borgan, shuning uchun Oʻzbekistondan minglab odamlar qamoqqa olindi va yana hibsga olinadi”, dedilar. Albattta, paxta oʻrniga pora yuborish – jinoyat. Ammo men oddiy odam, oddiy yozuvchi sifatida bir narsani tushunolmay turibman. Aytingchi, markaziy rayonlarga vagonlarda tola oʻrniga havo, samolyotlarda esa diplomatda pora borgan ekan, nega markazdagilar indamabdi? Nega bizga vagondagi havo, diplomatdagi pul kerak emas, tolaning oʻzini yuboringlar, demabdi? Odatda pora oladigan qoʻl pora beradigan koʻldan balandrokda turadi shekilli?”
Tabiiyki, savol javobsiz qoldi va jurnal bosh muharririni bunday “yuqori martabali” majlislarga chaqirmay qoʻydilar.
***
Ikki eshik orasi. Roman. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. Turli tillarda yana oʻn martaga yaqin nashr qilindi.
***
“Ikki eshik orasi” romani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
1987 yil
“Oʻzbekiston” nashriyotida chop etilgan “Xazina” kitobining qalam haqini Orolni qutqarish jamgʻarmasiga oʻtkazdi.
1990–1991 yillar
“Sharq Yulduzi” jurnalida tarixda birinchi marta muqaddasi Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi maʼno tarjimasi chop etildi. Bu hayrli yumushga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahnamolik qildi.
1990 yil, iyun
Oʻzbekiston Kompartiyasining XXII sʼyezdida nutq soʻzladi. Oʻz soʻzida saksoninchi yillarning oʻrtalarida Markazdan “cheksiz huquq” bilan kelgan bir guruh “tartib oʻrnatuvchilar” yurtimizda qatagʻon oʻtkazgani, afsuski, oʻsha paytdagi respublikaning ayrim rahbarlari xalqni tuxmatdan himoya qilish oʻrniga tomoshabin boʻlib turganini, Oʻzbekistonga Islom Karimov rahbar boʻlganidan keyin vaziyat adolat tomoniga oʻzgarganini taʼkidladi.
1990 yil. Iyul. Moskva.
KPSS XXIII sʼyezdida soʻzga chiqdi. Uz nutqida Uzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov sʼyezd minbaridan alohida taʼkidlaganidek, Gdlyan va Ivanov degan “huquqshunos”lar guruhi Oʻzbekistonni poligonga aylantirganini, minglab odamlar begunoh qamalganini eslatdi. Shoʻro armiyasida (Afgʻonistondagina emas, mamlakat ichkarisida ham) xizmat qilayotgan oʻzbekistonlik askarlar millatidan qatʼiy nazar “bosmachi”, “tekinxoʻr”, “boqimanda”, deb haqoratlanayotgani, bir qanchasi oʻldirib yuborilganini fosh qildi. “Oʻzbek ishi” degan haqoratli tamgʻani olib tashlashni, markaziy matbuotda Oʻzbekiston shaʼniga yogʻdirilayotgan boʻxtonlar toʻxtatilishi kerakligini taʼkidladi.
1991 yil
Yozuvchi bir guruh ijodkorlar – Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov, Abdugʻafur Rasulov va boshqalar bilan Toshkent, Sirdaryo, Jizzah, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlarida ijodiy hisobatlar oʻtkazdi.
***
Alisher Navoiy nomidagi teatrda adibning ijodiy kechasi oʻtkazildi.
***
“Hurmat belgisi” ordeni bilan taqdirlandi.
***
Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi unvoni berildi.
1992 yil
Bir jildli Saylanma – “Bahor qaytmaydi”. Gʻ. Gʻulomning nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.
***
Ozod Sharafiddinov. El ardoqlagan adib. Bir jildli saylanma. “Bahor qaytmaydi”ga soʻzboshi.
1993 yil
Ikki jildli Saylanma – “Nurli dunyo” va “Umr savdosi”. “Nur” IICHB – “Sharq” nashriyot-matbaa konserni.
1994 yil
Tushda kechgan umrlar. Roman. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni. Yana bir necha marta nashr qilindi.
***
Tushda kechgan umrlar. Roman. “Ikarus” jurnali AQSH. Nyu-York. Ingliz tilida. Tarjimon Yulay Shomil oʻgʻli. Muharrir Sevastiari.
1995–2000 yillar
Birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati.
1996 yil
Umarali Normatov. Yillar, yoʻllar, taqdirlar. “Ikki eshik orasi” romanining oltinchi nashriga soʻngsoʻz.
1997 yil
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan takdirlandi.
1998 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasining qisqa muddatli kursini bitirdi.
***
Ikki jildli Saylanma – “Nurli dunyo” va “Umr savdosi”. Qayta nashr “Sharq” nashriyot-matbaa konserni
1987–2000 yillar
Rasmiy delegatsiyalar tarkibida va xizmat safari bilan Meksika, Turkiya, AQSH, Shveysariya, Xitoy, Pokiston, Avstriya, Slovakiya, Hindiston, Bangladesh va qator qoʻshni mamlakatlarda boʻldi.
1998–2007 yillar
“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi oʻn martaga yaqin nashr qilindi. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi
1999 yil
“Nur borki, soya bor”, “Dunyoning ishlari”, “Qatagʻon”, “Oʻzbek ishi” asarlaridagi insonparvarlik gʻoyalari, xalq shaʼnini himoya qilgani uchun Qirgʻiziston Respublikasi “Omur bayaniʼ” – “Umr bayoni” jamgʻarmasining “Vatanparvarlik va yuksak maʼnaviyat uchun” diplomi bilan taqdirlandi.
***
Ozod Sharafiddinov. Oʻtkir Hoshimov. Adabiy portret. “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi” darsligi.
2000–2005 yillar
Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
deputati.
2000 yil
Ozod Sharafiddinov. El ardogʻidagi adib. “Ikki eshik orasi” romanining yettinchi nashriga soʻngsoʻz.
2001 yil
Said Ahmad. Ijod va jasorat “Yoʻqotganlarim va topganlarim” kitobi. Adib ijodiy portreti.
***
Abdugʻafur Rasulov. Ardoqli adib. Oʻtkir Hoshimov hayoti va ijodiga chizgilar. Kitob. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi
***
Adib ustozlari va safdoshlari – Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ibrohim Gʻafurov, Umarali Normatov va boshqalar bilan Toshkent, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 60 yoshga toʻlishi munosabati bilan ijodiy hisobotlar oʻtkazdi.
***
Ikki jildli Saylanma. “Bahor sogʻinchi”. “Hadikli tushlar”. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.
***
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
2002 yil
“Oʻzbektelefilm” studiyasida suratga olingan, adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Oʻtkir Hoshimov. Sakkizinchi moʻjiza” hujjatli filmi taqdimoti.
2003 yil
Fargʻona Davlat universitetining faxriy professori.
2007 yil
Umarali Normatov. Oʻtkir Hoshimov. Adabiy portret. Yangi oʻzbek adabiyoti. Toshkent “Universitet” nashriyoti.
1962–2007 yillar
60 dan ortiq kitobi turli tillarda ikki milliondan ortiq nusxada nashr etildi. Qator dramatik asarlari Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlar teatrlarida sahnalashtirildi. Roman, qissa, hikoyalari asosida yaratilgan film va telefilmlar namoyish qilindi.
ALOHIDA NASHR ETILGAN NASHRLARI
1962 yil
Poʻlat chavandoz. Ocherklar. Oʻylar. Toshkent. “Toshkent” nashriyoti. 40 b.
1965 yil
Gunafsha. “Choʻl havosi”. Qissa va hikoyalar. Toshkent. “Yosh gvardiya” nashriyoti. 156 b.
1966 yil
Odamlar nima derkin… Qissa. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 100 b.
1970 yil
Bir tomchi shudring. Shamol esaveradi. Qissa. Hikoyalar. Toshkent.
“Yosh gvardiya” nashriyoti. 200 b.
Bahor qaytmaydi. Qissa va hikoyalar. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 220 b.
Den motiʼlka. Povest i rasskaziʼ. Moskva. Izdatelstvo “Molodaya gvardiya” Per. M. Ganinoy. Poslesloviye A. Sharafiddinova. 190 str.
1971 yil
Den motiʼlka. Povest i rasskaziʼ. Pereizdaniye. Per. M. Ganinoy. Moskva. Izdatelstvo “Molodaya gvardiya”.
1973 yil
Qalbingga quloq sol. Qissa. Hikoyalar. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 210 b.
1974 yil
Prislushaysya k serdsu. Povest i rasskaziʼ. Per. B. Parmuzina. Tashkent. Izdatelsvo Literaturiʼ i iskusstva im. G. Gulyama. 276 str.
1975 yil
Uzun kechalar. Bahor qaytmaydi. Qissa. Hikoyalar. Toshkent. “Yosh gvardiya” nashriyoti. 232 b.
Nimalar boʻldi. Hikoyalar. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 112 b.
1977 yil
Yer farzandimiz. Oʻylar. Toshkent. “Oʻzbekiston” nashriyoti. 120 b.
Nur borki, soya bor. Roman. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 240 b.
1979 yil
Svet ne bez teni. Roman. Per. V. Turbinoy. Moskva. Izdatelstvo
“Sovetskiy pisatel”. 406 str.
1980 yil
Quyosh tarozisi. Qalbingga quloq sol – qissa. Shamol esaveradi – qissa. Bahor qaytmaydi – qissa. Hikoyalar. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 326 b.
1981 yil
Nur borki, soya bor. Roman. Qayta nashr. Toshkent. “Yosh gvardiya” nashriyoti. 281 b.
Mashina sotaman. Hajviy hikoyalar. Toshkent, “Mushtum” kutubxonasi”. 40 b.
1982 yil
Dunyoning ishlari. Qissa. Hikoyalar. Toshkent,. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 224 b.
Nur va soya. Hikoyaho. Tojik tilida. Dushanbe. Nashriyoti “Maorif”. 160 b.
1983 yil
Svet ne bez teni. Roman. Per. V. Turbinoy. Pereizdaniye. Tashkent. Izdatelstvo Literaturiʼ i iskusstva im. G. Gulyama. 312 str.
Yalpiz somsa. Hikoyalar. Bolalar uchun. Toshkent. “Yosh gvardiya” nashriyoti. 48 b.
1984 yil
Dela zemnge. Povest i rasskazsh. Per avtora i A. Atakuziyeva. Moskva. Izdatelstvo “Sovetskiy pisatel”. 312 str.
Oq kamalak. Hikoyalar. Oʻylar. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 176 b.
1985 yil
Sirli yulduz. Kvazarlar. Qissa. Dunyoning ishlari. Qissa. Hikoyalar, hajviy hikoyalar. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 272 b.
Lastochki letayut viʼsoko. Povest Kvazariʼ. Rasskaziʼ. Tashkent. Izdatelstvo “Yosh gvardiya”. 160 str.
1986 yil
Ikki eshik orasi. Roman. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 560 b.
1987 yil
Xazina. Oʻylar. Toshkent. “Oʻzbekiston” nashriyoti. 128 b.
Ikki karra ikki besh. Qissa. Hajviy hikoyalar. Intermediyalar. Toshkent. “Yosh gvardiya” nashriyoti. 224 b.
1988 yil
Dela zemniʼe. Povest i rasskaziʼ. Per avtora i A. Atakuziyeva. Pereizdaniye. Tashkent. Izdatelstvo Literaturiʼ i iskusstva im. G. Gulyama. 310 str.
1989 yil
Voyti i viʼyti. Roman. Per. E. Umarov. Moskva. Izdatelstvo “Sovetskiy pisatel”. 560 str.
Ikki eshik orasi. Roman. Qayta nashr. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 544 b.
1990 yil
Notanish orol. Oʻylar, ijodiy suhbatlar, hangomalar. Sayohatnomalar. Toshkent. “Yosh gvardiya” nashriyoti. 210 b.
1991 yil
Iztirob. Hikoyalar. Toshkent. “Yozuvchi” nashriyoti. 32 b.
1992 yil
Tushda kechgan umrlar. Roman. “Sharq yulduzi” jurnali. № 6-7. Saylanma. Bir jildlik. Bahor qaytmaydi. Choʻl havosi – qissa.
Bahor qaytmaydi. Qissa. Qalbingga quloq sol. Qissa. Hikoyalar. Hajviy hikoyalar. Ozod Sharafiddinov. “El ardoqlagan adib”. Soʻzboshi. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 448 b.
1993 yil
Shumlik. Hajviy hikoyalar. Toshkent “Nur” IICHB-”Yozuvchi” nashriyoti. 62 b.
Saylanma. Ikki jildlik. Nurli dunyo. Birinchi jild. Dunyoning ishlari. Qissa, Nur borki, soya bor. Roman, Tushda kechgan umrlar. Roman. Hikoyalar. Hajviy hikoyalar. Toshkent. “Nur” IICHB – “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 688 b.
Saylanma. Ikki jildlik. Umr savdosi. Ikkinchi jild. Ikki eshik orasi. Roman. Hikoyalar. Hajviy hikoyalar. Oʻylar. Toshkent. “Nur” IICHB – “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 688 b.
1994 yil
Tushda kechgan umrlar. Roman. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 336 b.
Toʻylar muborak. Komediya. Hajviy hikoyalar. Toshkent. “Navroʻz” nashriyoti. 80 b.
1996 yil
Ikki eshik orasi. Roman. “XX asr oʻzbek romani” seriyasi. Umarali Normatov. “Yillar. Yoʻllar. Taqdirlar”. Soʻngsoʻz. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 560 b.
1998 yil
Osmondan tushgan pul. Hajviy hikoyalar. Toshkent. “Maʼnaviyat” nashriyoti. 104 b.
Saylanma. Ikki jildlik. Qayta nashr. Nurli dunyo. Birinchi jild. Dunyoning ishlari. Qissa. Nur borki, soya bor. Roman. Tushda kechgan umrlar. Roman. Hikoyalar. Hajviy hikoyalar. Qayta nashr. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 688 b.
Saylanma. Ikki jildlik. Umr savdosi. Ikkinchi jild. “Ikki eshik orasi. Roman. Hikoyalar. Hajviy hikoyalar. Oʻylar. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 688 b.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. KaytattyaShryQirq yillik kuzatuvlar kitobi. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 176 b.
2000 yil
Ikki eshik orasi. Roman. “XX asr oʻzbek romani” seriyasi. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. Ozod Sharafiddinov. El ardogʻidagi adib. Soʻngsoʻz. 608 b.
Chana. Bolalar uchun hikoyalar. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 24 b.
2001 yil
Tomchining sarguzashtlari. Lotin imlosida. Bolalar uchun. 24 b.
2002 yil
Saylanma. Ikki jildlik. Birinchi jild. Bahor sogʻinchi. Bahor qaytmaydi. Qissa. Ikki karra ikki – besh. Qissa. Hikoyalar. Inson sadoqati – Drama. Hajviy hikoyalar. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. Said Ahmad. “Ijod va jasorat”. Soʻz boshi. 466 b.
Saylanma. Ikki jildlik. Hadikli tushlar. Ikkinchi jild.
Tushda kechgan umrlar. Roman. Hikoyalar. Qatagʻo. Fojia. Toʻylar muborak. Komediya. Hajviy hikoyalar. Oʻylar. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 410 b.
2003 yil
Shohruxning topishmoqlari. Lotin imlosida. Bolalar uchun. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 32 b.
2004 yil
Dunyoning ishlari. Qissa. Lotin imlosida. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 208 b.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Qayta nashr. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa konserni. 272 b.
2005 yil
Bahor qaytmaydi. Qissa. Lotin imlosida. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi. 128 b.
Dunyoning ishlari. Qissa. Lotin imlosida qayta nashr. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi.
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Qayta nashr. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi. 272 b.
2006 yil
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Qayta nashr. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi. 272 b.
Oʻzbeklar. Hikoyalar. Oʻylar. Hajviy hikoyalar. Lotin imlosida. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 256 b.
2007 yil
Ikki eshik orasi. Roman. Qayta nashr. “XX asr oʻzbek romani” seriyasi. Toshkent. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi. 576 b.
Bahor qaytmaydi. Qissa. Lotin imlosida. Qayta nashr. Toshkent. “Sharq” NMAK. 128 b.
TARJIMALAR
Olga Berggols. Kunduzgi yulduzlar. Qissa. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1975 yil. 230 b.
V. Shukshin. Chol, qiz va oftob. Hikoyalar. Xayriddin Sultonov bilan hamkorlikda. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1980 yil. 276 b.
Mustay Karim. Bolalik yillarim. Qissa. Odil Yoqubov bilan hamkorlikda Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.
Shuningdek, adib tomonidan tarjima qilingan Stefan Sveyg E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London va boshqa adiblarning asarlari vaqtli matbuotda eʼlon qilingan.
SAHNA ASARLARI
Xazon boʻlgan bahor. Drama.
“Birovning tashvishi” (Inson sadoqati). Ruhiy drama.
Toʻylar muborak. Komediya.
Vijdon dorisi. Satirik komediya.
Qatagʻon. Fojia.
Sahna asarlari mamlakatimizning qator teatrlarida, shuningdek, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmanistonda sahnalashtirilgan. Yozuvchi qardosh xalqlar adabiyoti va jahon dramaturgiyasi vakillarining oʻndan ortiq pyesasini tarjima qilgan.
FILMLAR. TELESPEKTAKLLAR.
RADIOINSTSENIROVKALAR
Muxlis. “Muhabbat” hikoyasi asosida badiiy film.
Oʻ. Hoshimov. Ozod Sharafiddinov haqida hujjatli film
Sakkizinchi moʻjiza. Oʻtkir Hoshimov haqida hujjatli telefilm
Odamlar nima derkin? Telespektakl.
Bahor qaytmaydi. Telespektakl.
Qalbingga quloq sol. Telespektakl.
Inson sadoqati. Telespektakl
Nur borki, soya bor. Telespektakl.
Dunyoning ishlari. Telespektakl.
Uzun kechalar. Telespektakl.
Quyosh tarozusi hikoyasi asosida. Telespektakl.
Mahallaning onasi hikoyasi asosida telespektakl.
Koʻkyoʻtal. Hajviy telespektakl.
Choʻl havosi. Radioinssenirovka.
Dunyoning ishlari. Radioinssenirovka.
Oʻzbek ishi. Radioinssenirovka.
Koʻpgina asarlari ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk, fors, arab, yapon, hind va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, toʻplam va vaqtli nashrlarda chop etilgan.
“Nur borki, soya bor” bulgʻor tilida, “Dunyoning ishlari” vyetnam tilida kitob boʻlib chiqqan. “Tushda kechgan umrlar” “Ikarus” jurnalida (AQSH) bosilgan. “Dunyoning ishlari”, “Bahor qaytmaydi”, “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi” asarlari, qator hikoyalari maktab va oliy oʻquv yurtlari dasturi va darsliklariga kiritilgan.
Nashr etilgan kitoblarining umumiy tiraji ikki yarim million nusxaga yaqin.
Eʼlon qilingan asarlarning umumiy hajmi
Badiiy-nasriy asarlar – 150 bosma toboq.
Oʻylar – 100 bosma toboq
Dramaturgiya – 20 bosma taboq.
Badiiy tarjimalar – 40 bosma toboq.
OʻTKIR HOSHIMOV IJODI HAQIDA
1964 yil
Safarov M. Navqiron qalb ovozi. (“Choʻl havosi” qissasi haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 15 yanvar.
Qahhor Abdulla. Oʻ. Hoshimovga xat. “Sharq yulduzi” jurn. №3. B. 156.
Ubaydullayev Sh. Ikromov H. (“Choʻl havosi” qissasi haqida). “Sirdaryo haqiqati” gaz. 11 fev.
1967 yil
Nuriy Hamid. Sof muhabbat qoʻshigʻi. (“Shamol esaveradi” qissasiga taqriz). “Yosh leninchi” gaz. 24 iyun
1969 yil
Sodiq Sanjar. Hamisha bahor boʻlsin. (“Bahor qaytmaydi” qissasiga taqriz). “Guliston” jurn.
1970 yil
Gʻafurov I. Parvoz vaʼdalari. (“Bir tomchi shudring” toʻplamiga soʻzboshi).
Gʻafurov I. Yangi sahifalar taassuroti. “Sharq yulduzi” jurn.
Abdurahmonova M. Tuygʻular tahlili. (“Bahor qaytmaydi” hikoyalar va qissalar toʻplami haqida). “Yosh leninchi” gaz. 7 avg.
Yakvalxoʻjayev Yo. Bahor nafasi (“Bahor qaytmaydi” qissasi haqida) “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 12 iyun.
1973 yil
Norboyev Botir. Yuksalish yoʻlida: (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). “Yosh leninchi” gaz. 10 okt.
Rasulov A., Karimov N., Ismatullayev X. Asosiy qahramon – yoshlik. (Oʻ. Hoshimov ijodida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 27 noyabr.
Xolmatov Sh., Nurmuhamedov Oʻ. Yetuklik. (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). “Oʻqituvchilar gazetasi”. 18 okt.
1974 yil
Rasulov A., Gʻulomov B. Oʻqish kitobi. (“Qalbingga quloq sol” qissasi haqida). “Sharq yulduzi” jurn. № 2.
Gʻafurov I. Parvoz vaʼdalari. (“Bir tomchi shudring” kitobiga soʻzboshi).
Gʻulomov B. Rasulov A. Fidoyilik va xudbinlik. (Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatrida sahnalashtirilgan “Birovning tashvishi” dramasi haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 30 iyul.
Maʼnaviy goʻzallik talqini. (Shu drama haqida). “Guliston” jurn. № 7.
Bahor qaytmaydi. (Shu nomdagi kitob haqida). “Yosh leninchi” gaz. 13 noyabr
Yoqubov O. Prislushaysya k svoyemu serdsu. “Literaturnaya gazeta”, 16 okt.
Nasriddinov A. Nurli tuygʻular. (Oʻ. Hoshimov hikoyalari haqida). “Namangan haqiqati” gaz. 8 fev.
1975 yil
Bahor hazon boʻlmasin. (“Yosh gvardiya” teatrida sahnalashtirilgan “Xazon boʻlgan bahor” spektakli haqida). “Oʻqituvchilar gazetasi”.
Birovning tashvishi. (Shu nomli spektaklga taqriz). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 25 aprel.
Karimov X… Jozibadorlik siri. (“Nimadir boʻldi” kitobi haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz.
Rasulov A. Yoʻl boshida. (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). Ilmiy asarlar toʻplami. Toshkent un-ti, № 491 (2-qism). B. 37-47.
1976 yil
Normatov U. Extiros toʻlqinlari. (“Nur borki, soya bor” romani haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 30 noyabr.
Ibrohimov M. Nur koʻpaygach soyalar kamayadi. (“Nur borki soya bor” romani haqida). “Mehnat va turmush” jurn. 1976 yil.
Rasulov A. Asosiy qahramon – yoshlik. “Oʻqituvchilar gazetasi”, 7 noyabr.
Rasulov A. Hayot nurga toʻlsin. “Sovet Oʻzbekistoni” gaz. 16 dek.
Xazratkulov M. Burch va sadoqat. (“Inson sadoqati” telespektaklk haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 6 yanvar.
Sadoqat madhi “Oʻqituvchilar gazetasi”, 8 yanv.
Inson sadoqati. Taqriz. “Toshkent haqiqati” gaz. 9 yanv.
Boymatov M. Tarjimon mahorati. (Olga Berggolsning U. Hoshimov tarjimasidagi “Kunduzgi yulduzlar” qissasi haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 9 iyun.
Rasulov T. Nurmuhamedov Oʻ. Sadoqat madhi. (“Inson sadoqati” telespektakli haqida taqriz). “Oʻqituvchilar gazetasi” 8 yanv.
Rasulov A. Safarov M. Bosh qahramon – yoshlar. “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 23 okt.
Rasulov T. Nurmuhamedov Oʻ. Talantning yorqin yoʻli. “Oʻqituvchilar gazetasi” 7 noyabr.
Gʻulomov B. Nafis va shiddatli asar. (“Nur borki, soya bor” romani haqida). “Oʻqituvchilar gazetasi”, 19 dek.
Rasulov A., Gʻulomov B. Komediya talqinlarida. “Oʻzbekiston madaniyati” gaz., 21 sentyabr.
Jozibadorlik siri. (“Nimadir boʻldi” hikoyalar toʻplami haqida). “Toshkent haqiqati” gaz. 25 dek.
Muhamedov E. Inson sadoqati. (Oʻ. Hoshimov dramasi asosida Toshkent televideniyesi “Yoshlik” studiyasi tomonidan ekranlashtirilgan spektakl haqida). “Toshkent haqiqati” gaz. 10 yanv.
Isayev S. O krasote dushi chelovecheskoy. (Retsenziya knigi U. Xashimova “Prislushaysya k serdsu”). Jurn. “Zvezda Vostoka” № 3. S. 123-125.
1977 yil
Abdullayev R., Xoʻjayev B., Azlarov T. Nur yaxshilik ramzi. (“Nur borki, soya bor” telespektakli haqida). “Sovet Oʻzbekistoni” gaz. 4 sent.
Ibrohimov M. Nur kuchaygach, soyalar yoʻqoladi. (Oʻ. Hoshimovga ochiq xat). “Mehnat va turmush” jurn. № 5. B. 20-21.
Rasulov A. Nurdan nur olib. (“Nur borki, soya bor” romani asosida tayyorlangan telepostanovka hakida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 2 sent.
Shermuhamedov P., Mahmudov M. Nurni avaylash kerak. (“Nur borki, soya bor” romaniga taqriz). “Yosh leninchi” gaz. 12 may.
Xudoyberganov N. Toʻqnashuvlar haqqoniy boʻlsa. “Guliston” jurn. №4.
Rasulov A. Oʻtkir Hoshimov. “Oʻzbekiston yoshlari mukofoti laureatlari” kitobi.
Saidov Oʻ. Hayotiy lavhalar. (“Yer farzandimiz” kitobi haqida). 26 aprel.
Normatov K. Bosh mezon hayotiylik. “Oʻzbekiston madaniyati” gaz., 28 iyun.
Sharafiddinova M. Svet ne bez teni. “Zvezda Vostoka” jurn. № 10.
Isroilov N. Jannatmakon oʻlka qissasi. “Yer farzandimiz” kitobi haqida. “Sirdaryo haqiqati” gaz.
1978 yil
Abdullayev M. Tuygʻular tasviri. (“Qalbingga quloq sol” telespektakli haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 8 avg.
Qoʻshoqov N., Pardayev A. Badiiy ijodda maktab va maorif mavzusi. (“Nur borki soya bor” romani haqida). “Oʻqituvchilar gazetasi”, 3 fev.
Rasulov A. Sanʼatkor masʼuliyati. “Oʻzbekiston madaniyati” gaz., 7 okt.
Xudoyberganov N. Tolko svet i tolko teni. Bondarenko N. Na to i pamflet. (“Svet ne bez teni” – “Nur borki soya bor” romani haqida ikki, fikr). “Literaturnaya gazeta”, 8 avg.
Naumov A. Sut yego naturiʼ. “Svet ne bez teni” romani haqida. “Pravda Vostoka” gaz. 19 avg.
Rasulov A. Sanʼatkor masʼuliyati. (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 7 okt.
1980 yil
Sultonova M. Oila va yozuvchi pozitsiyasi. (Oʻ. Hoshimov asarlarida ayol obrazi). “Oʻzbek tili va adabiyoti” jurn. № 15. B. 32-38.
Qoʻchqorov Ya. Eʼtiqod shuʼlalari. (“Quyosh tarozisi” kitobiga taqriz). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz. 25 iyul.
1981 yil
Karimov X. Muhabbat va kurash jozibasi. (“Quyosh tarozisi” kitobiga taqriz). “Sharq yulduzi” jurn. № 10. B. 226-227.
Mirzo Yongʻin. Kimning mayli kimda boʻlsa. (“Baland dorga osilma” komediyasi haqida) “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 26 iyun.
Gʻulomov B. Rasulov A. Kuldiradi. Oʻylatadi. (“Baland dorga osilma” komediyasi haqida). “Toshkent oqshomi” gaz. 17 fev.
Abdullayev M. Sevgi qudrati. (“Baland dorga osilma” komediyasi haqida). “Oʻzbekiston madaniyati” gaz.
Egamnazarov M. Baland dorga osilma. “Yosh leninchi” gaz.
Xazratqulov M. Sevgi qudrati. “Toshkent haqiqati” gaz.
Xazratqulov M. Burchmi yo qahramonlik? (“Inson sadoqati” asari asosida ishlagan telespektakl haqida). “Uzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 5 iyun.
1982 yil
Qoʻshjonov M. Hayot haqiqati va badiiy haqiqat. Kitob.
Xoʻjayev M. Nur va soya. Tojikiston “Irfon” nashriyotida tojik tilida chop etilgan Oʻ. Xrshimov hikoyalar toʻplami haqida. “Haqiqati Oʻzbekiston” gaz.
Qoʻshjonov M. Onaga taʼzim. (“Dunyoning ishlari” qissasi haqida). “Qishloq haqiqati” gaz. 20 mart.
Mirvaliyev S. Ona haqida qoʻshiq. (“Dunyoning ishlari” qissasi haqida) “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz.
Gʻulomov B. Mehr dostoni. (“Dunyoning ishlari” qissasi haqida). “Toshkent haqiqati” gaz.
Mamajonov S. Ona – tabiat ihtirosi: (“Dunyoning ishlari” qissasiga taqriz). “Sovet Oʻzbekistoni” gaz. 16 mart.
Sharafiddinov O. Ona. (“Dunyoning ishlari” qissasi haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 8 mart.
1984 yil
Xudoyberganov N. Meʼyor va tasvir. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. Yanv.
1984 yil
Sharafiddinov O. Baʼzi zarur mulohazalar. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 11 fev.
Olimjonov X. Sendan ugina. (“Yosh gvardiya” teatrida sahnalashtirilgan “Vijdon dorisi” spektakli haqida). “Toshkent haqiqati” gaz. Iyun.
Rasulov T. Kamalak jilosi. (“Oq kamalak” kitobi haqida). “Toshkent oqshomi” gaz.
Adibning ikki jildli saylanmasi. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz.
Pardayev A. Kurashchan publitsistika va yorqin harakterlar: (Oʻ. Hoshimov publitsistikasiga bir nazar). “Muxbir” jurn. №8. B. 36-37.
Gulyamov B. Oda materi. (Retsenziya knigi U. Xashimova “Dela zemnyu”). Jurn. “Zvezda Vostoka”, №1. S. 158-160.
1985 yil
Normatov U. Taqdirlar romani. “Ikki eshik orasi” romani haqida. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 27 noyabr.
Rasulov T. Eʼtiqodlar romani. (“Ikki eshik orasi” romaniga
taqriz) “Oʻqituvchilar gazetasi” 20 dek.
1986 yil
Qurbonov Z. Tinchlik ishiga kamarbasta. (“Ikki eshik orasi” romani haqida). “Oʻzbekiston dabiyoti va sanʼati” gaz. 31 okt.
Haydarov S. Tutash taqdirlar qismati. (“Ikki eshik orasi” romaniga taqriz). “Toshkent haqiqati” gaz. 15 fev.
Inogʻomov R. Xalq hayotining yorqin tasviri. “Qishloq haqiqati” gaz. 14yanv.
1987 yil
Xudoyberganov N. Oshkoralik – muhim vosita. (“Ikki karra ikki
besh” satirik qissasi haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 19
iyun.
Muqimov R. Yigʻi bilan yoʻgʻrilgan kulgi. (“Ikki karra ikki besh” satirik qissasi haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 19 iyun.
Gʻafurov I. Sabotga taʼzim. (“Ikki eshik orasi” romani haqida). “Sovet Oʻzbekistoni” gaz. 3 yanv.
Uzoqov H. Oʻrtada minglab kitobxon bor. (“Ikki karra ikki – besh” qissasi haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. Iyul.
Yoʻldoshev Q. Davrga yoʻgʻrilgan taqdirlar. (“Ikki karra ikki besh” qissasi haqida). “Yosh leninchi” gaz. 11 fev.
Sobirov Q. “Bepardoz haqiqat qissasi”. (“Ikki karra ikki besh” qissasi haqida). “Qishloq haqiqati” gaz. 3 iyul.
Shukurov N. Tutash taqdirlar. “Lenin yoʻli” gaz. Samarqand. 3 yanv.
Gʻulomov B. Rasulov A. Inson va zamon – tutash taqdir. (“Birovning tashvishi” dramasi haqida). “Toshkent oqshomi” gaz.
1988 yil
Xudoyberganov N. Ahil boʻlaylik, ammo… (Oʻ. Hoshimovning “Bir-birimizni asraylik” maqolasi muhokamada) “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 27 may.
1989 yil
Bobomurodov R. Notanish orol. (Shu nomli kitob haqida). “Toshkent
oqshomi”gaz.
Oʻljaboyev U. Oʻzbek harbiy prozasida xarakter yaratishning baʼzi muammolari. Kitob.
1990 yil
Saidov S. Notinch yolgʻizlik. (“Notanish orol” kitobiga taqriz). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 13 apr.
1991 yil
Abdullayev O. Notanish orolga sayohat. (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida) “Guliston”jurn. № 10. B. 22-23.
Ahmad Said. Tongda tugʻilgan kitoblar. (Oʻ. Hoshimov – 50 yoshda). “Oʻzbekiston ovozi” gaz. 13 sent.
Inogʻomov R. Oʻzbek adabiyotining zabardast vakili. (Oʻ. Hoshimov – 50 yoshda). “Qishloq haqiqati” gaz. 7 noyabr.
Mamajonov S. Eʼtiqod: Adib ijodiga bagʻishlangan sahifa.
(Oʻ. Hoshimov – 50yoshda). “Oʻzbekiston ovozi” gaz. 19 noyabr. •
Rasulov A. Ijodning sirli ibtidosi: (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida) “Yoshlik” jurn. № 12. B. 64-68.
Gʻafurov I. Yurak adibi. (Oʻ. Hoshimov – 50 yoshda). “Oʻzbekiston ovozi” gaz. 9 noyabr.
Hotam Gʻaffor. Qarzdorlik. (Oʻ. Hoshimov – 50 yoshda). “Xalq soʻzi” gaz. 12 noyabr.
Shunday asar yozganki… (Oʻ. Hoshimovning 50 yoshiga bagʻishlangan sahifa). “Yosh leninchi” gaz.
Normatov U. Joziba sirlari. Boshqa materiallar. (Adib ijodiga bagʻishlangan sahifa). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz, 8 noyabr.
Dilmurodov A. Tugʻyon ichra halovat. Egamberdiyev D. Elda nazar topdi. (Adibga bagʻishlangan sahifa). “Toshkent oqshomi” gaz. 9 noyabr.
Nigoh. Adib ijodi haqida turkum maqolalar. “Yoshlik” jurn. Okt.
Sayyor. Qadamingizga xasanot. Meni qurshagan tuygʻu. (Adib ijodi haqida sahifa). “Ishonch” gaz.
Rasulov T. Ikki umr lazzati. (Oʻ. Hoshimov portretiga chizgilar).
“Toshkent oqshomi” gaz. 8 noyab
Ubaydullayev T. Dunyoning ishlari va faqat u haqda emas. (Adib ijodiga bagʻishlangan sahifa). “Toshkent oqshomi” gaz. 11 noyabr.
Ubaydullayev T. Ustozi avval. “Maʼrifat” gaz. 9 noyabr.
Koʻp hangomalar oʻtdi. (Adib ijodi haqida sahifa). “Oila va jamiyat” gaz. Noyabr.
Rasulov Abdugʻafur. Ijodning sirli ibtidosi. “Yoshlik” jurn. №12.
1992 yil
Normatov U. Faryod. (“Tushda kechgan umrlar” romani haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 14 avg.
Oʻljaboyev U. Xotirada chizilgan izlar. Kitob.
Sharafuddinov O. El ardoqlagan adib. “Bahor qaytmaydi” saylanmasiga soʻzboshi.
1993 yil
Norqobilov Q. Qizgʻaldoq va tank. (“Tushda kechgan umrlar” romani haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 16 iyul.
Mirvaliyev S. Oʻ. Hoshimov. Oʻzbek adiblari (ixcham adabiy portretlar). – T., Fan, B. 188-189.
1994 yil
Ahmad S. Ijod va jasorat. (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). “Istiqbol” gaz. 2 dek.
1995 yil
Ahmad S. “Ijod va jasorat” “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 25 fev.
Adibning ikki jildlik saylanmasi. “Nurli dunyo” va “Umr savdosi” kitoblari haqida. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 16 iyul.
1996 yil
Ahmad S. Qoʻrqinchli tushlar. (“Tushda kechgan umrlar” romani haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 25 sent.
Normatov U. Badiiy kashfiyot. (“Tushda kechgan umrlar” romani haqida). “Oʻzbekiston ovozi” gaz. 30 okt.
Normatov U. Yillar, yoʻllar, taqdirlar. (“Ikki eshik orasi” romanining oltinchi nashriga soʻngsoʻz).
Yoʻldoshev Q. Koʻngil mulkiga sayoxat. “Turkiston” gaz. 9 okt.
Rasulov A. Roman – ehtiroslar va haqiqatlar dunyosi. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 30 okt.
1999 yil
Sharafiddinov O. Oʻtkir Hoshimov. Adabiy portret. “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi” darsligi.
Tursunboyev S. Yechim va ijro. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz.
13 avg.
Ahmad Said. Ijod va jasorat. (Oʻ. Hoshimov haqida). Yoʻqotganlarim va topganlarim. Xotiralar. Adabiy oʻylar. – T., “Sharq” nashr. B. 226-232.
2000 yil
Sharafiddinov O. El ardogʻidagi adib. “Ikki eshik orasi” romanining yettinchi nashriga soʻngsoʻz.
Toʻrayeva U. Davr va qahramon. (“Tushda kechgan umrlar” romani misolida). “Oʻzbek tili va adabiyoti” jurn. №2. B. 41-44.
Eshbek Toʻlqin. Hayotiy bitiklar. (“Daftar xoshiyasidagi bitiklar” kitobi haqida). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 25 fev.
2001 yil
Oʻ. Hoshimov. “Sakkizinchi moʻjiza”. (Yozuvchi ijodi haqida hujjatli telefilm).
Sharafiddinova M. O povestvovatelnoy strukture romana U. Xashimova “Voyti i viʼyti”. Jurn. “Prepodavaniya yaziʼka i literaturiʼ” № 3.
Ahmad Said. Elning suyukli adibi. (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). “Xalq soʻzi” gaz. 27 iyul.
Yormatova G. Sen yashagin. Sheʼr. (U. Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanini oʻqib). “Saodat” jurn. № 3. B. 9.
Imomkarimova M. Milliy qadriyatlarni aks ettirishda adib, mahorati. (“Ikki eshik orasi” romani haqida). “Sharq yulduzi” jurn. № 4. B. 129-130.
Kitobingizni oʻqidim. (Oʻ. Hoshimov kitoblari haqida oʻquvchilar maktubi). “Saodat” jurn. № 3. B. 9.
Normatov U. Ruhiyat manzaralari. (Oʻ. Hoshimov tavalludining 60 yilligiga). “Til va adabiyot taʼlimi” jurn. № 3. B 56-68.
Normatov U. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻ. Hoshimov 60 yoshda. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 9 noyabr.
Rasulov A. Ijodning jon tomirlari. (“Inson sadoqati” dramasi va “Bahor qaytmaydi” qissasi haqida). “Guliston” jurn. № 5. B. 58.
Rasulov A. Ardoqli adib. Oʻ. Hoshimov hayoti va ijodiga chizgilar. Kitob. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni. 127 bet.
Solijonov Y. “Ikki eshik orasi” (Oʻ. Hoshimov)dan “Lolazor” (M. Muhammaddoʻst romani)ga oʻtguncha… (Tahlil). “Sharq yulduzi” jurn. №4. B. 125-129.
Soʻzlari oʻzidek samimiy adib. (Oʻ. Hoshimovning 60 yilligiga). “Boshlangʻich taʼlim” jurn. №5. B. 6-8.
Normatov K. Inson qalbining muhandisi. (Adibning 60 yoshiga). “Adolat” gaz. 3 avg.
Hoshimova Oʻ. Dovdirlar nimaga kerak? (Adib ijodiy laboratoriyasi). “Milliy tiklanish” gaz. 20 fev.
Mansurov Y. Toʻgʻri chiqqan bashorat. (Adibning 60 yoshiga). “Toshkent oqshomi” gaz. 21 okt.
Normatov K. Ijodingiz gullayversin. “Toshkent oqshomi” gaz. 5 noyabr.
Kitobingizni oʻqidim. (Oʻ. Hoshimov asarlariga kelgan xatlar va “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobidan sahifalar). “Saodat” jurn. № 3.
Rasulov A. Begidir shumliklar. (Oʻ. Hoshimov hajviyoti haqida,). “Mushtum” jurn. № 6-7.
Oʻ. Hoshimovning 60 yoshiga bagʻishlangan sahifa. “Bolalar dunyosi” gaz. Namangan. 20 okt.
Bortovskaya L. Urok posvyashyon pisatelyu. (Qashqadaryo maktablarida oʻtkazilgan adib ijodiga bagʻishlangan darslar haqida). Gaz. “Kashkadarinskaya pravda”.
Bortovskaya L. Slushayte, govorit solnse! “Narodnoye slova” gaz. 31 okt.
Barkamollik samaralari. (Adibning 60 yoshiga). “Namangan haqiqati” gaz. 29 sent.
Men “Temiryoʻlchi”dan chiqqanman. “Temiryoʻlchi” gaz. 3 avg.
Normatov U. Nasrdagi shoir. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 9 sent.
Mirzayev S. Soʻz sanʼatining zargari. “Zarafshon” gaz. 8 sent.
Normatov U., Quronov D. Romanning yangi umri. “Tushda kechgan umrlar” romani haqida. “Jahon adabiyoti” jurn. №9.
Hoshimova Oʻ. Yozuvchi nega yigʻlaydi? (Yozuvchi laboratoriyasi haqida). “Oila va jamiyat” gaz. 31 iyul.
2002 yil
Alimov X. Tinchlik – buyuk neʼmat: (“Urushning soʻnggi qurboni” hikoyasi asosida noanʼanaviy dars). “Maʼrifat” gaz. 27 apr.
Imomkarimova M. Milliy qadriyatlar ifodasi. (Oʻ. Hoshimov asarlari misolida) “Sogʻlom avlod uchun” jurn. № 3. B. 14-15.
Inogʻomov R. Isteʼdodning yana bir qirrasi… (Oʻ. Hoshimov dramaturgiyasi haqida). “Teatr” jurn. №1. B. 9-10.
Normatov U. Niyat yaxshi, ammo… (Adabiyotshunos H. Karimovning “Oʻ. Hoshimovning adabiy portreti” kitobi xususida). “Maʼrifat” gaz. 6 apr.
Xalq sevgan yozuvchiga bagʻishlab. Hayot bilan hamnafas. “Toshkent oqshomi”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz., 29 mart.
Umarov F. Adabiyotimizning yorugʻ yulduzi. “Oʻtkir Hoshimov” xujjatli telefilmi haqida. “Oʻzbekiston ovozi” gaz. 28 mart.
Eshbek T. Qalbingga quloq sol. (Adibga bagʻishlangan televizion hujjatli film haqida). “Hurriyat” gaz. 3 apr.
Norboyev O. Adib haqida film. “Xalq soʻzi” gaz. 28 mart.
Rasulov A. Atoqli va ardoqli adib. (Oʻ. Hoshimov ikki jildli Saylanmasining 2 jildi “Hadikli tushlar”ga soʻngsoʻz).
Normatov K. Buni umr deydilar. “Mohiyat” gaz. 25 yanv.
Mansurov Y. Suyukli adibning ijodiy lahzalari. (A. Rasulovning Oʻ. Hoshimov ijodiga bagʻishlangan “Ardoqli adib” kitobi haqida). “Toshkent oqshomi” gaz. 14 yanv.
Yulduzlar bilan sirlashgan adib. “Muloqot” jurn. №2.
Sharafiddinova M. O xudojestvennoy strukture romana U. Xashimova “Voyti i viʼyti”. Jurn. “Prepodavaniye yaziʼka i literaturiʼ”, №2.
Rasulov A. Adabiy hayot fuqarosi (“Ikki eshik orasi” romanidagi Xusan duma prototipi haqida) “Kitob dunyosi” gaz.
2003 yil
Yoʻlchiyev D. Hamma kakliklarni otib qoʻymang. (Oʻ. Hoshimov portretiga chizgilar). “Milliy tiklanish” gaz. 4 fev.
Akbarova Z. Oʻ. Hoshimov asarlari personajlari nutqida muloqot odobi. (Ilm. axborot). “Oʻzbek tili va adabiyoti” jurn. №3. B. 63-65.
2004 yil
Sharafiddinova M. Chingiz Aytmatov i uzbekskaya literatura. Qiyosiy maqola. “Filologiya masalalari” jurn. №4.
Normatov I. Maʼnaviyatni uvol qilmaylik. (Oʻ. Hoshimovning “Uvol” maqolasini oʻqib…) “Qishloq hayoti” gaz. 29 apr.
Xolmurodov A. Begʻubor qalb kechinmalari: (Oʻ. Hoshimov ijodi haqida). “Til va adabiyot taʼlimi” jurn. B. 63-66.
Sharafiddinova M. Vremya i pamyat v romane U. Xashimova “Jizn v snovedeniyax” Jurn. “Prepodavaniye yaz. i lit. №5. S. 51-59.
2005 yil
Hoshimova Oʻ. “Oilam bilan qoʻsha qarisak…” (Adib ijodiy laboratoriyasi haqida). “Oila va jamiyat” gaz. 20 apr.
Normatov U. Hoshimov Oʻtkir. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 11 jild. / Tahriri hayʼati A. Azizxoʻjayev, B. Alimov, M. Aminov va boshq. – T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashr. B. 382-383.
2006 yil
Saʼdullayeva Ya. Qogʻozdagi zilol chashma. (“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi haqida muallifga ochiq xat). “Toshkent xaftanomasi” gaz. 17 avg.
Oʻrmonov A. “Bahor qaytmaydi”ning birinchi oʻkuvchilari edik. “Yetti karra yetti” gaz. Iyun
Abdullayev Yu. Adibning koʻngil daftari. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobining beshinchi nashri haqida. “Uzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 20 yanv.
Sharafiddinova M. Mnogofunksionalnost monologa v romanax U. Xashimova “Voyti i viʼyti” i “Jizn v snovedeniyax” Jurn. “Filologiya masalalari” №2.
Sharafiddinova M. Folkner i Xashimov. Jurn. “Prepodavaniya yaziʼka i literaturiʼ” №3.
Muhammadiyev N. Oʻtkir Hoshimovning “shumlik”lari. (Adib portretiga chizgilar). “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gaz. 3 noyabr.
Sulaymonova M. Bitiklarda falsafiy maʼno. (“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi haqida mulohazalar). “Maʼrifat” gaz. 18 mart.
2007 yil
Sharafiddinova M. Tasvirdagi oʻziga xoslik. “Ikki eshik orasi” romani bilan Folknerning “Oʻlar chogʻimda” romanining qiyosiy tahlili “Jahon adabiyoti” jurn. №5.
Sharafiddinova M. Osobennosti povestvovatelnoy strukturiʼ proizvedeniy Utkura Xashimova i Uilyama Folknera (Na primere romanov “Voyti i viʼyti” i “Kogda ya umirala”. Kollektiv. Monografiya. Vzaimodeystviye kak istochnik obogashʼeniya natsionalnoy literaturiʼ. Izd. “Akademiya”. Tashkent.
Dusenboyev O. Oʻtkir Hoshimov asarlarida xarakter dramatizmi “Til va adabiyot taʼlimi” jurn. №3. B. 23-26.
Abdusamatov X. Umri boqiy bitiklar. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi haqida. “Maʼrifat” gaz. 10 noyabr.
Rasulov A. “Oqsoqol” (“Ikki eshik orasi” romani qahramonlarining prototiplari haqida). “Mahalla” gaz. 14 noyabr.
Normatov U. Oʻtkir Hoshimov. Adabiy portret. “Yangi oʻzbek adabiyoti” kitobi. Toshkent. “Universitet” nashr.
https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/otkir-hoshimov-1941-2013/