NURMON ABDUVOY OʻGʻLI

NURMON ABDUVOY OʻGʻLI (1862 – Payariq tumani Enamyaxshi qishlogʻi — 1940) — oʻzbek xalq dostonchisi. Deh-qon oilasida tugʻilgan. Qirqyoshida Abduxoliq baxshidan fotiha olib, mustaqil dostonchi sifatida el orasida taniladi. U hozirjavob baxshi boʻlgan. 20-a. boshlarida Samarqand atroflarida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻtarilgan ommaviy harakat boshligʻi Namoz Pirimqul oʻgʻli haqida doston yaratib, xalq orasida kuylab yurganligi uchun Kattaqoʻrgʻon hokimi tomonidan qamoqqa olingan (1914). Jismonan mayib (shol) boʻlib, qamoqdan chiqqan Nurmon Abduvoy Oʻgʻli doston kuylashni kanda qilmagan. Uni muxlislari yelkalarida koʻtarib, dostonchilik dav-ralariga olib borganlar. U 20 dan or-tiq anʼanaviy dostonlarni kuylab kelgan. Shoirdan «Kuntugʻmish», «Or-zigul» («Abdulla kofir»), «Namoz» (parchalar) dostonlari, «Chigirtka», «Doʻmbiram», «Ot» singari termalar yozib olingan. Uning termalari «Oʻzbek folkloridan namunalar» (1935), «Oʻzbek folklori» (1939) toʻplamlarida nashr etilgan.

Toʻra Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x